Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
bosib ketguday bo‘lar va bog‘ yo‘lkalariga, gullagan behi va olmalar orasiga sekin taralar 
edi. Hamida bonu Humoyunni hali ham yaxshi ko‘rar, uni sog‘inib yashar, mana shu 
sog‘inch hozir ma’yus va yorug‘ kuyga aylanib satoni yangratardi. 
Humoyun hukumat ishlari bilan band bo‘lganda o‘z davlatxonasiga yaqin bo‘lgan Bog‘i 
Dilkushoda tunab qoladi. Hamida bonu esa uni «yana Bog‘i Binafshaga, Norchuchuk 
begimning xobgohiga ketgan» deb iztirob chekadi. Kobulning Bog‘i Yo‘ng‘ichqasida 
Humoyunning katta xotini Beka begim o‘z yaqinlari bilan turadi. Hajdan qaytgandan beri 
Hoji begim nomini olgan bu taqvodor ayol Humoyunning nazaridan qolgan, Hamidaning 
unga rashki kelmaydi. Ammo Humoyun endi o‘n sakkizga kirgan Norchuchuk begimning 
oldida tunagan kunlari Hamida bonu O‘rta bog‘da tikanga ag‘anaganday qiynalib chiqadi. 
Shu ichki azob ta’sirida u goho Humoyundan arazlaydi. Odatda, Humoyun O‘rta boqqa 
kelib tunaydigan bo‘lsa kunduz odam yuborib xabar qiladi. Bog‘da shunga yarasha 
tayyorgarlik ko‘riladi. 
Bugun peshinda xuddi shunday xabar keldi. Hamida bonu Humoyunning diydoriga zor 
bo‘lsa ham, biroq uning o‘n kundan beri kelmaganiga, bu orada balki Norchuchuk begim 
xobgohida tunaganiga achchiq qilib, rad javobi berdi: 
— Hazratim meni ma’zur tutsinlar. Tobim yo‘q. Xizmatlarida bo‘lolmagaymen. Binafsha 
bog‘iga boraqolsinlar. 
Haram bekasi ul-bul deb, uni achchig‘idan tushirmoqchi bo‘ldi, lekin bir so‘zli Hamida 
aytgan gapida turib oldi. 
Hozir u Akbarga satoda chalib berayotgan mungli kuyda mana shu arazning dardi ham 
goh nola, goh girya shakliga kirib yangramoqda edi. 
Kutilmaganda O‘rta boqqa kirib kelgan Humoyun xizmatkorlarni sarosimaga solib qo‘ydi. 
Ular ikkinchi oshiyonda sato chalayotgan Hamida bonuni chaqirib tushmoqchi bo‘ldilar. 
Lekin Humoyun ruxsat bermadi: 
— Bezovta qilmanglar, o‘zim chiqgaymen, — dedi va kuy ovozi kelayotgan tillakori 
boloxonoga sekin ko‘tarildi. Eshik ochiq qolgan edi. Humoyun qadamini sekin bosib 
bo‘sag‘aga kelganda ichkarida banoras ko‘rpacha ustida yuzma-yuz o‘ltirgan ona-bola 
unga yon tomondan ko‘rindi. Ular kuyga mahliyo bo‘lib, eshik oldida to‘xtagan 
Humoyunning sharpasini payqamadilar. 
Hamidaning boshida havorang durra, ikki o‘rim uzun sochlarining uchi ko‘rpacha ustiga 
to‘shalib yotibdi. O‘ng qo‘lidagi kamon munojot kuyiga monand nafis harakatlar qiladi. 
Chap qo‘lining barmoqlari pardalarni mohirona bosadi. Endi yigirma ikki yoshga kirgan 
va husn-u jamoli yetilib, tengsiz bir go‘zalga aylangan Hamidaning yuzlarida Humoyun 
haligacha ko‘rmagan sog‘inch, qo‘msash, o‘ksinish mungi. Qarshisidagi Akbar goh 
onasining yuziga, goh uning qo‘llariga qaraydi, go‘zal kuy bolani sehrlaydi! Ammo 
onasining g‘amgin ko‘rinishi bolani ham beixtiyor ma’yuslantiradi. 
Hamida shu mungli kuy bilan yuragini bo‘shatganday bo‘ldi. Munojotni chalib tugatgach, 
Akbarga: 
— Endi bas-a? — dedi. 
Shu payt Humoyun: 
— Ijozat bering, begim, — dedi. — Betobligingizni eshitib ko‘rgani keldim... 
Ona-bola o‘rinlaridan tez turib, odatdagiday Humoyunga ta’zim qildilar. Besh-olti kundan 
beri otasini ko‘rmagan Akbar unga qarab talpindi. Humoyun cho‘k tushib, bo‘yini o‘g‘li 
barobarli past qildi-da, unga quchoq ochdi. Akbar chopib borib, otasining bag‘riga otildi. 
Achomlashganlaridan so‘ng Humoyun qaddini rostladi-da, ovoziga rasmiyroq tus berdi: 
— Amirzoda, — dedi o‘g‘liga, — mavlono Asomiddin sizga xat-savod o‘rgatmoqchi bo‘lsa, 
rasm chizib o‘ltirar emishsiz. 
Akbar besh yoshga yetar-yetmas muallimlar unga saboq bera boshlagan, arab 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish