Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
sezgandirsiz? 
Badavniyning rangi qo‘rquvdan oqardi. Nahotki Akbar uning yashirin yozuvlaridan xabar 
topgan bo‘lsa? Badavniy qo‘l qovushtirib o‘rnidan turdi: 
— Hazratim, faqir nonimni halol qilib yeyish uchun jon-jahdim bilan tarjima 
qilmoqdamen. «Ramayana» bilan «Mahabxorat»ni forsiycha aruzda yozganim sari bu 
dostonlarning she’riy qudrati meni sehrlab olayotgani rost. Hatto hindlarning imon-u 
e’tiqodi dilimga yo‘l topib kelgandek bo‘lur. Islomga xiyonat qilgan kabi seskanib 
keturmen! 
— Agar barcha e’tiqodlarni barobar bilganingizda bunday seskanmas edingiz. 
Nazarimda, sulhi kull hali dilingizda qaror topgan emas. 
Akbarning bu so‘zlari Badavniyga «begonasen!» degandek eshitildi: 
— Hazratim, faqir sulhi kullni tan olganim uchun hind dostonlarini tarjima etmoqdamen-
ku! Nahotki, faqirni hamon begonalar qatoriga qo‘shsangiz?! 
— Biz emas, o‘zingiz o‘zingizni begona ko‘rsatmoqdasiz... 
Badavniy yana xavotirga tushdi: 
— Meni afv eting, faqir qachon o‘zimni begona ko‘rsatibmen?.. 
— Mana hozir ham... — Akbar davradagilarni bir-bir ko‘rsatdi. — Hech kim soqol qo‘ygan 
emas. Faqat siz bizdan norozi shayx-u imomlar kabi uzun soqol bilan yuribsiz! 
Chindan, Akbarning o‘zi soqol qo‘ygan emas, faqat mo‘ylovi bor. Abulfazl ham, Birbal 
ham, yangi e’tiqod tarafdori bo‘lgan boshqa kishilar ham ilgarigi uzun soqollarini oldirib 
tashlaganlar, faqat mo‘ylovlarini qoldirganlar. Hozir Akbar tarafdorlarini shundan ham 
tanib olish mumkin. Lekin eski musulmonchilik tarafdori bo‘lganlar soqolni «mo‘yi 
muborak» deb ulug‘lashar, «uni oldirganlar dahriylar yo‘liga kirgay!» deb tahdid 
qilishardi. Badavniy shu tahdiddan qo‘rqqani uchun oq oralagan chiroyli soqolini 
haligacha oldirmay yurar edi. Biroq hozir Akbar uni begonalar qatoriga qo‘shgani narigi 
tahdiddan xatarliroq tuyuldi. Kechalari yashirincha yozayotgan asari va unda Akbarning 
aybini fosh etayotgani yodiga tushdi. Podshoning xufiyalari bor. Agar ularga buyurilsa, 
Badavniyning uyini yashiriqcha tintib maxfiy yozuvlarni qo‘lga tushirishlari hech gap 
emas. Keyin Badavniyning barcha orzu-umidlari puchga chiqadi! Undan ko‘ra Badavniy 
ham Akbarga o‘zini sodiq ko‘rsatib, soqolini oldirib tashlay qolgani afzal emasmi? Yaxshi 
kunlar kelganda yana soqol qo‘yishi mumkin-ku! 
Shu fikr bilan Badavniy kelgusi hafta Akbar kutubxonaga keladigan paytgacha soqolini 
oldirib, uning sodiq tarafdorlari qiyofasiga kirdi. Akbar kulimsirab: 
— Jasorat ko‘rgazibsiz, mavlono! — dedi va sarmunshi Naqibxonga buyurdi: — Hijriy 
ming yillikka* atab tayyorlanayotgan «Tarixi alfa»dan bir bobini yozish mavlono 
Badavniyga topshirilsin! 
«Tarixi alfa» — ming yilning tarixi degan ma’noni bildirardi. Shu ming yildan ikki asrlik 
davr tarixini yozish Badavniyga topshirildi va bu ishga yarasha durustgina maosh ham 
belgilandi. Badavniy bundan juda mamnun bo‘ldi-yu, lekin soqol oldirgani tufayli ilgarigi 
maslakdosh do‘stlaridan ko‘p ta’nalar, istehzolar eshitdi. Islomga sadoqat saqlab soqolini 
oldirmay yurgan shayxlar Badavniyni sotqin hisoblab, undan o‘zlarini olib qochadigan 
bo‘ldilar. Badavniy esa oynaga qaragisi kelmay qoldi. Chunki ilgarigi bo‘liq soqoli 
ingichka xunuk iyagini bekitib, uni o‘ziga ham chiroyli va salobatli ko‘rsatardi. Hozir 
oynaga qarasa, yuzi sichqonnikiday farishtasiz tuyulib, ta’bini tirriq qiladi. Buning ustiga 
Badavniy kutubxonada o‘ltirib tarjima qilayotgan hind dostonining g‘ayridinlarga xos 
ta’siri uni dahriy qilib qo‘yayotganday bo‘ladi. U xudoning g‘azabidan qo‘rqadi, dilini 
gunohlardan poklash uchun kechqurun uyga qaytganda yaxshilab tahorat qiladi, namoz 
o‘qiydi, so‘ng Qur’on suralaridan dilimga yaqin tuyulganlarini toza oq qog‘ozga 
xattotlarcha chiroyli harflar bilan ko‘chirishga tushadi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish