Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
278
yuz-u o‘n sakkizga kirgan bu odam bir umr uylanmasdan bo‘ydoq o‘tmoqda edi. 
Kohiyning siyrak soqoli paxtaday oppoq, yakkam-dukkam qolgan jag‘ tishlari yeyilib, 
milkiga tenglashib qolgan, jussasi ham kichkina. Shu yoshdagi odamdan bunday she’r 
chiqishini kutmagan odamlar uning har bir baytiga qoyil bo‘lib, o‘tirgan joylarida 
tebranib qo‘yishardi: 
Hamchu fili mast mexoham bixurusham har zamon 
Oshkor ato kunam rozinihoni xiyshro. 
Boz mego‘yam, hadisi ishq xushtarast, 
Behki, chun fil nigoh doram zaboni xiyshro* 
Shu yoshdagi odamning mast filday jo‘sh-u xurush qilmoqchi bo‘lgani, lekin yana fillarga 
xos vazminlik bilan tilini tiyib yurishi Akbarning she’rdan olayotgan zavqini yana bir 
daraja oshirdi. U o‘zi haqidagi oshkora maqtovlar va madhiyalarni ko‘p eshitgan. Bu 
yerdagi she’riy iffat, kamtarlik va go‘zal bir tabassum Akbarga nihoyatda yoqqani uchun: 
— Mavlono, yana bir o‘qisinlar! — deb she’rni ikkinchi marta eshitdi. So‘ng bironta 
nuqsoni yo‘qligini, har bir so‘zi gavharday xillanganini maqtadi va Abulfazlga yuzlandi: — 
Bir yuz-u o‘n sakkiz yoshda shunchalik mukammal she’r yozish — kamdan kam 
uchraydirgan mo‘jizadir. Mavlono Kohiyning poyi qadamlari tabarruk. Saroy 
darvozasidan to shu yerga kelgunlaricha necha qadam qo‘ygan bo‘lsalar har bir 
qadamlariga yuz rupiydan in’om berilsin! minba’d saroyga har kelganlarida yana ming 
rupiydan berib turilsin! 
Mushoira bo‘lgan joydan saroy darvozasigacha yuz qadamdan ortiq edi. Saroy 
shoirlaridan hech biri hali bunday qisqa she’r uchun o‘n ming rupiy mukofot olmagan 
edilar. Qosim Kohiy ta’zim qilib, bu in’om uchun Akbarga minnatdorchilik bildirar ekan, 
uning allanarsadan ko‘ngli to‘lmagani so‘nik ko‘ringan ko‘zlaridan sezildi. 
Ertasi kuni xazina ochilganda Qosim Kohiy kelib o‘n ming rupiyni olib ketishi kerak edi. 
Lekin oradan bir hafta o‘tdi hamki, keksa shoir saroyga qaytib kelmadi. Akbar uni kasal 
bo‘lib qolmadimikin, deb Abulfazlni xabar olgani yubordi. Qosim Kohiy kichkina bog‘ 
hovlida turar, uy yumushlarini qiladigan mosh-guruch soqolli bitta xizmatkoridan boshqa 
hech kimi yo‘q. 
Abulfazl uning tokchalarida kitoblar turgan xonasiga kirib, hol-ahvol so‘radi-yu: 
— Nechun hanuzgacha xazinadan mukofotni olmadingiz? — dedi. 
— Muncha pul menga ne kerak, janob vazir? Merosxo‘rim bo‘lmasa!.. Men u she’rni 
mukofot uchun yozgan emas edim. 
— Ehtimol, boshqa tilagingiz bordir? Ayting, men a’lo hazratga yetkazay. 
Qosim Kohiyning old tishlari allaqachon to‘kilib, lablari ichkariga botib ketgan, uchi xiyol 
qayrilgan uzun burni egilib tushib, lablariga tegay deb qolgan. 
— Men yoshimni yashab bo‘lganmen, menga mol-dunyodan ko‘ra imon-u e’tiqod 
azizroq. Navoiydek, Jomiydek ulug‘ siymolarni ko‘rganmen. Ular diniy adovatlarni 
qanday yo‘qotishning yo‘lini izlab, topolmay ketgan edilar. Akbar hazratlari turli 
e’tiqodlarni teng ko‘rib sulhi kull e’lon qilish bilan hanuzgacha topilmagan yangi bir yo‘lni 
kashf qildilar. Men umrimning oxirida ana shu yo‘ldan yurib o‘tmoqchimen. Agar 
hazratim meni o‘zlariga sodiq maslakdosh deb bilsalar, faqir uchun eng oliy mukofot ana 
shu bo‘lg‘ay! 
Abulfazldan bu gaplarni eshitgan Akbar: 
— Mavlono Kohiyning bu javobidan boshimiz ko‘kka yetganini borib ayting, — dedi. — 
Agar istasalar, payshanba kuni yaqin maslakdoshlarimiz davrasiga marhamat qilsinlar! 
Bog‘i Fathning tillakori mehmonxonasiga xufton kech yig‘iladigan shayx Muborak, roja 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish