Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
ularning noz-u karashma bilan raqs qilishlarini ko‘rsa, nafosatga to‘la qo‘shiqlarini 
eshitsa, yoshlikdagi o‘sha orzulari qalbiga turtib-turtib qo‘yganday bo‘ladi. 
Salima begim uning bu orzusiga halaqit bermas, ko‘p azob tortgan bechora juvon 
Akbarning bag‘rida gulday ochilib yashar, eriga bag‘ishlab o‘tli she’rlar yozar, 
tashqaridan qaraganda, ikkovi bir-biriga astoydil mehr qo‘yib hayot kechirayotganga 
o‘xshar edi. Ammo aslida ularni Salimaning muhabbati inoq tutib turardi. Akbarning 
unga uylanishida muhabbatdan ko‘ra rahm-shafqat ustun kelganini Hamida begim ham 
sezdi. 
— Shoh o‘g‘lim, siz bevaga uylanib, meni dog‘da qoldirdingiz. Men hali mamlakatning 
eng go‘zal qizlaridan kelin tushirib, katta to‘ylar qilgim bor. 
— Bir vaqtlar o‘zingiz kundosh azobini boshdan kechirgansiz, onajon. Endi buni Salimaga 
qanday ravo ko‘rursiz? 
— Men ravo ko‘rmaganimda ham, siz podshohsiz. Podshohlarning esa xotini bitta 
bo‘lmagay. Buni Salima ham bilgay. 
... Bugun kechasi Akbar hobgoxda shu chigal muammo haqida o‘ylanib o‘ltirganda, 
Salima uning ko‘nglidan o‘tgan narsalarni sezganday bo‘lib: 
— Hazratim, — dedi. — Siz mening oldimdagi burchingizni ham, otalig‘ingiz buyurgan 
vasiyatni ham mardona ado etdingiz. Endi men ham shunga yarasha insof qilmog‘im 
kerak. Agar biron qizga... ko‘ngil qo‘ysangiz... haqqingiz bor... men rozilik berurmen! 
Akbar gapni hazilga burdi: 
— Balki o‘zingiz... sovchilikka ham borursiz? 
Salima begim bu hazilni o‘ziga qattiq olib, ko‘zlari birdan yoshlandi: 
— Men uchun behad og‘ir dardni hazilga yo‘ymang! Onangizning dillarida men tufayli 
armon qolmasin. Men u kishining yaxshiliklarini ham qaytarmoqchimen! 
Akbar Salimani belidan quchib, yuz-ko‘zidan o‘pdi: 
— Hech azob tortmasdan, faqat rohat-farog‘atda yashaydigan erkaklarda nafsga, 
g‘ururga berilish kuchli. Shafqat-u qanoat mashaqqat chekkan ayollarda ko‘proq 
bo‘lurmikin? 
— Biz, ayollar ham, farishta emasmiz, hazratim. Ilkimizga hokimlik tizgini tegsa 
o‘zimizdan ketishimiz hech gap emas. «Odamni sinamoqchi bo‘lsangiz, unga mansab 
berib ko‘ring», degan naql eshitganmen. Hozir sizga eng sodiq ayollardan Mohim 
enaganing boshiga ana shunday bir sinov tushmishdir. 
Mohim enaga haqida marhum Bayramxon ham tashvish-taraddud to‘la so‘zlar aytib 
ketgani Akbarning yodiga tushdi. 
— Salima siz Mohim enagada... biron o‘zgarish sezmoqdamisiz? 
— Ha, o‘zgarish katta. 
Yaqin odamlari bir-birini yomonlay boshlasa Akbarga bu doim yomon ta’sir qilardi. Hozir 
ham uning yuzi tundlasha boshlaganini ko‘rgan Salima: 
— Balki bu — yaxshi o‘zgarishdir, — deb gapni burdi. 
— Menga onam qiladigan yaxshiliklarni shu ayol qilgan, Salima. Kobul esingizdami? 
Komron amakim biz bilan o‘chakishib, meni otam ottirayotgan zambarakning o‘qiga 
to‘g‘rilab qo‘ygan edi-ya! Yon-verimdan vashillab o‘tgan zambarak o‘qlarini eslasam, hali 
ham sochim tikka bo‘lib ketadir. O‘shanda Mohim enaga chopib kelib, o‘z gavdasi bilan 
meni to‘sgan edi-ya! Qandahorda, qish sovuqlarida enagam meni yana qancha 
o‘limlardan olib qolgan!.. 
— Ha, Mohim enaga o‘shanda chekkan mashaqqatlarining rohatini endi ko‘rmoqda. 
Bugun mamlakatimizda undan nufuzli ayol yo‘q. bek-u a’yonlar Mohim enagani sizdan 
keyingi ikkinchi siymo deb hisoblaydilar. 
— Nechun? Onam hazratlari-chi? 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish