1.3. Maxsus jismoniy mashqlarning kichik maktab yoshidagi o‘quvchilari
sog‘ligiga ta’siri.
Suyak skileti, tayanch harakat va nerv mushak apparatlari tanani xayotiy
tizimini ishlashni ta’minlashga qaratilgan ustki xajmini shakllantiradi.
Nafas olish va ko‘p aylanishlarni sigimi xajmini shakllantiradi. Huruj, yurak
urishi, yurak atrofidagi og‘riqlar (kordio retseptorlar) tizimi funksional faoliyat,
rivojlanadi mukammallashadi. Tayanch - harakat nerv mushak aparatlari orqali
muvofiqlashadi. Qon aylanish yurakni qon bilan to‘lish sifati va qonni kislarod
bilan to‘lishi kichik oralig‘i ko‘krak kletkasini shakli, umurtqalarni qomat shakliga
19
bog‘liq.
Suyak, mushak organlari tezlikda rivojlanadi va o‘sadi, mustaxkamlanadi.
Qomatni jismoniy tarbiya vositalari orqali tarbiyalash va tuzatish mumkin,
chiniqish esa kasalliklarni kamayishiga olib keladi.
Jismoniy mashqlarni salomatlikni tiklash maqsadida qo‘llash uchun tibbiy-
biologik tomondan asosli ravishda berish kerak bo‘ladi, bunda tanani ayrim qismi
tizimini emas, balki tanani barcha qismlarini birdamligini hisobga olish kerak.
Mukammal barkamol sog‘lom avlodni shakllantirishda jismoniy tarbiya mal’um
darajada o‘z o‘rniga ega, undan o‘sish va rivojlantirishda foydalanish zarur.
4-9 sinf o‘quvchilarini tibbiy ijtimoiy kuzatish o‘tkazilganda, aynan noqulay
iqlim sharoitida yashovchi o‘quvchilar tanlab olindi, ularda doimiy kun tartibining
buzilishi o‘z tasdig‘ini topdi. Ko‘pchiligi jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanmaganliklari aniqlandi. Ularda yuqori darajada charchash, bosh
aylanish, tayanch harakat apparatining buzilishi bilan umumiy xolsizlik aniqlandi,
7-8 va 12-13 yoshdagi 100 nafar o‘quvchi kuzatildi ularda tayanch harakat
apparatlarini buzilishda noqulay ekologiyaning ta’sir qilishi tasdiqlandi. Jismoniy
mashqlar bu ekologik noqulay xududda yashovchi aholini kasalliklarini oldini
oluvchi yo‘llardan biri ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlili, ko‘p sonli pedagogik kuzatishlar
ko‘rsatishicha, jismoniy mashqlar va xarakatli o‘yinlarda zarur natija - bu bolalar
uchun shodlik va his-tuyg‘uni ko‘tarilishi hisoblanadi (E.A.Timofeeva, 2009).
Maktabda maxsus jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar jismoniy madaniyat
darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, E.A.Timofeyeva (2009 y.)
fikricha, turli yo‘nalishdagi
jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar harakat sifatini mukammallashtirishda
umumlashgan eng muvaffaqiyatli vositadir. Ular katta darajada jismoniy sifatlarni
takomillashib borish imkoniyatlarini yaratadi.
Maxsus jismoniy mashqlarni qo‘llashdan maqsad malaka, ko‘nikmalarni
egallash yangi uslublarni tizimlashtirish, tezkor o‘zgaruvchan sharoitlarda
20
bolalarga nisbatan yangidan-yangi talablar qo‘yilayotganligini hisobga olgan xolda
mashqlarni mayda qismlarini ham o‘zlashtirib olish, harakatlar texnikasini
chuqurroq o‘rganish, bir harakat turidan ikkinchi harakat turiga yengil o‘ta olish,
keyingi mashqlar uchun mos texnik uslublaridan foydalana bilishga o‘rgatadi.
Harakat faliyatlarini mukammallashtirish bosqichida, mashq bajarish sharoitlarini
bir qancha marta takrorlanishi o‘quvchilarda tejamkorlik bilan harakat qilish
qobiliyatini va o‘rganilayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq, tugallangan
xolatda o‘rganish kerakligini ta’minlaydi.
Bir vaqtning o‘zida maxsus jismoniy mashqlar ta’sir qiluvchi omil sifatida
ijobiy axloqiy va irodaviy sifatlarini tarbiyalovchi yo‘nalishga egadir. Maxsus
jismoniy mashqlardan foydalanish faqat foydali bo‘lishi mumkin qachonki aniq
sharoit hisobga olingan holda bajarilsagina (I.V.Chupaxa) jismoniy tarbiyaga
qo‘yilgan talablar qatorida bolani birinchi qadam bosish ko‘nikmasini bola hayoti
tajribasini o‘yinlar orqali egallaydi deb ko‘rsatadilar. ‘O’yin harakatlari
mo‘ljallashtirish mexanizmlarini rivojlantiradi, turli narsalar bilan bajariladigan
jarayonlar tajribasini kengayishi, ruhiy sifatlarini o‘stiradi. O’yin xar bir kishini
tabiiy harakat extiyojlarini va ijodiy faoliyatlarini qoniqtiradi, jismoniy xolatiga
katta ta’sir qiladi. Doimiy o‘yin sharoiti o‘zgarib turuvchi sharoitda hatti-
harakatlarni tanlash ongida keng yo‘nalishdagi mexanizmlarni nazorat qilish
zarurligini taqazo qiladi va harakatlarni boshqarishda barcha tana a’zolarini
faoliyati aynan markaziy nerv tizimi faoliyatini nazorat qiladi (22).
T.A.Tarasova (2005 y.) fikricha, o‘yin faoliyati mukammal va ko‘p tomonli
harakatlar bilan farq qiladi. Ularda qoida asosan tayanch-harakat apparatlarini
garmonik (har tomonlama) rivojlanishiga ta’sir qiluvchi mukammal mushak
apparatlarini to‘liq ishga jalb qilinadi.
V.I.Dubrovskiy (2000 y.) fikriga ko‘ra, o‘yin ta’siri agarda u ochiq havoda
o‘tkazilsa oshib boradi: o‘rmonda, suvda o‘tkazilishini mashg‘ulotlar tanani
chidamliligini oshiradi va salomatligini mustaxkamlashga asos bo‘ladi.
Tabiatni tabiiy omillaridan to‘liq foydalanish bolani o‘sish va rivojlanishida
21
juda muhum ahamiyat kasb etadi.
Ya.S.Voynbaum (2002 y.) katta e’tiborni o‘g‘il va qiz bolalar bilan 7-10
yoshlarida jismoniy mashqlarni tashkil qilishda ularni tanasini tashqi sharoitlar
ta’siriga kuchli ekanligi va tez charchash ko‘rinishiga ega ekanligini hisobga olish
zarurligini ifodalaydi. Bu yoshda suyaklar qotishi hali tugallanmaydi.
Yumshoq hujayralar to‘plami suyaklarda katta egiluvchanlikni ifodalaydi,
aynan umurtqada bu holat seziladi. Orqa mushaklar, qorin mushaklari ma’lum
holatda past, shuning uchun turli jismoniy mashqlar katta ahamiyat kasb etadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘yinlarda harakat faollikni ko‘rsatish
imkoniyatiga ega, aynan, qachon sakrash, yugurish va boshqa harakat faoliyati
zarur bo‘lgan davrlarda, ko‘p kuch va energiya yo‘qotishni talab qiladigan
vaziyatda, ular qisqa muddatli to‘xtashlar bilan, faol dam olish bilan o‘rin
almashadilar (32).
Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra asosan jismoniy mashqlar va
harakatli o‘yinlar tarqalgan holda yugurishlar, to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab, yo‘nalishni
o‘zgartirib, “etib olish-qochish” turdagi o‘yin bilan, bir oyoqda yoki ikki oyoqda
sakrash o‘yini, shartli to‘siqlar va narsalardan sakrash o‘yinlari bilan ifodalanadi.
M.A.Runova (2002 y.) ko‘rsatmasiga asosan barcha harakatli o‘yinlar tanaga
teng ma’noli ta’sir ko‘rsatishi, uni barcha qismlar faoliyatini oshirish, bolani
o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qilishi kerak. Harakatli o‘yinlar jismoniy madaniyat
darslarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni barcha yosh xususiyatlariga mos
holda qo‘llanilishi kerak.
Ularni tez bajaruvchanligini aniqlashda, bolani bu yoshda tanasi o‘sishni
davom qildiradi va o‘sadi, ya’ni bu jarayonda bola tanasi energiya zaxirasini
ma’lum bir qismini isrof qiladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda maxsus jismoniy mashqlar bajarish
davomida asosiy harakatga xos turli malakalar shakllanadi va murakkablashib
boradi (yugirishda, sakrashda, uloqtirishda, tirmashib chiqish kabilarda).
Mashqlarni bajarish davomida juda tezlikda vaziyatni o‘zgarishi bolalarga ma’lum
22
bo‘lgan harakatlardan foydalanishga o‘rgatadi, ma’lum vaziyatga qarab harakat
qila oladilar. Bularni barchasi harakat malakalarini mukammallashib borishida
ijobiy ta’sir qiladi.
Shunday qilib maxsus jismoniy mashqlar umumlashgan tarbiya vositalaridan
biridir. Ular shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini, tana
omillarini va xarakterini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |