2.BOB. Asosiy vositalarning inventarizasiyasi.
2.1
ASOSIY VOSITALAR ESKIRISHI VA YOYILISHINING
AMORTIZATSIYASINI HISOBGA OLISH
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida va tabiat kuchlari tahsirida sekin-asta eskirib
boradi. O`zining qiymatini ishlab chiqarilayottan mahsulot yoki bajarilayotgan ish qiymatiga
sekin-asta o`tkazadi, Ular ikki xil-jismoniy va mahnaviy eskiradi, Oboektning foydalanish
jarayonidagi eskirishi
jismoniy eskirish
deb yuritiladi. Yuqori mehnat unumdorligini
taominlaydigan, tuzilishi jixagidan mukammal bo`lgan yangi oboektlarning ishlab chiqarilishi
avval foydalanishda bo`lgan eski oboektlarni ularni jismoniy jixatdan to`la eskirgunga qadar
ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi. Bu
mahnaviy eskirish
deb yuritiladi.
Asosiy vositalarning mahsulot qiymatiga o`tkazilgan qismi ularni qayti tiklash manbai
hisoblanadi. Mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga o`tkazib boriladigan asosiy vositalar
eskirgan qismining qiymati amortizatsiya yoki
amortizatsiya ajratmasi
deb ataladi,
Amortizatsiya summasi oboektning dastlabki qiymatini qayti tiklash va kapital taomir bilan
bog`liq, harajatlarni qoplashi lozim. Amortizatsiya, avvalo, oddiy takror ishlab chiqarishni, yaoni
asosiy vositalarning dastlabki qiymati to`la tiklanishini taominlaydi. U maolum darajada
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish manbai bo`ladi. Chunki eskirgan uskunalar o`rniga yangi,
yuqori mehnat unumdorligini taominlaydiganlari sotib olinadi. Bu o`z navbatida mehnat
unumdorligining oshishiga, tannarx va umuman kapital harajatlarning kamayishiga olib keladi.
Amortizatsiya summasi avval belgilangan meoyor asosida aniqlanadi.
Bu meoyor
asosiy
vositalarning jismoniy va mahnaviy jihatdan eskirishi foiziga muvofiq keladi. Asosiy
vositalarning amortizatsiya ajratmasi har oyda belgilangan meoyor asosida hisoblanadi. U
oboektning dastlabki qiymatiga nisbatan maolum foizda belgilangan.
Uy-joy binolari bo`yicha amortizatsiya faqat kapital taomir harajatlarini koplash uchun
ajratiladi. Yangi uy-joy binolarini qurish bilan bog`liq, sarflar esa kapital ko`yilmalar uchyotidan
amalga oshiriladi. Extiyojdagi mashina, uskuna va transport vositalari bo`yicha amortizatsiya
faqat ular qiymatini to`la tiklash uchun ajratiladi.
Asosiy vositalarning eskirishi respublika xukumati qarori bilan tasdiqlangan, asosiy fondlar
guruhlari bo`yicha amortizatsiya ajratmasining yagona mehyori bo`yicha har oyda xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |