Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

9.5. Pardozlash qorishmalari 
Pardozlash 
qorishmalari 
tsementlar, 
oh’ak, 
gips, 
tsement-oh’ak, 
oh’ak-gips, 
gipstsementputstsolan va boshqa bog’lovchilar asosida tayyorlanadi. 
Pardozlash  qorishmalari  ikki  asosiy  turga:  odatdagi  suvoq  qorishmalari  va  manzarali 
qorishmalarga bo’linadi. 
İshlatilish soh’asiga ko’ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq qorishmalariga 
bo’linadi. 
G’isht-tosh va  beton asosida qurilgan  bino va  inshootlarni tashqi tomondan suvash uchun 
tsementli, tsement-oh’akli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim sharoitida yog’och yuzalarni 
suvashda oh’ak-gipsli qorishmalar ishlatilishi mumkin. 
Doimo nam va suv tasir etadigan binolarning tsokol, karniz va boshqa qismlarida tarkibiga 
gidrofob  moddalar  qo’shilgan  tsementli  va  tsement-oh’akli  qorishmalar  ishlatish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Xonalar  h’avosining  nisbiy  namligi  60%  gacha  bo’lganda  binolar  ichki  devorlari  va 
qavatlararo yopmalarni suvash uchun oh’akli, gipsli, oh’ak-gipsli va tsement-oh’akli qorishmalar 
ishlatiladi. 
Suvoq  qorishmalarining  h’arakatchanligi  standart  konusning  cho’kishi  chuqurligi  bilan 
aniqlanadi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan  usulda  suvashda  ichki  qatlam  uchun  qorishma  h’arakatchanligi 
6-10 sm ni, qo’l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi. Bunda qumning  eng yirik donasi 2,5 
mm oshmasligi kerak. 
Pardozlash  qatlamining  h’arakatchanligi  8-12  sm  bo’lishi  kerak.  Bu  qorishmalarda 
qumning eng yirik donasi 1,25 mm bo’ladi. 
Manzarali  qorishmalar  binolarni  tashqi  va  ichki  tomondan  bezashga  mo’ljallangan. 
Manzarali  qorishmalar  asosida  devor  panellari  va  yirik  bloklarning  sirtqi  yuzalarini  zavodning 
o’zida pardozlash, shuningdek qurilish maydonlarida bino fasadlarini pardozlash mumkin. 
Turarjoy  va  jamoat  binolarining  ichki  devorlarini  pardozlashda  h’am  manzarali 
qorishmalar ishlatiladi. 
Manzarali qorishmalar  olishda  bog’lovchi sifatida oq, rangli  va oddiy portlandtsementlar, 
binolarning ichki devorlari uchun esa oh’ak va gips ishlatiladi. 
Manzarali qorishmalar tayyorlashda  mayda to’ldirgich sifatida toza kvarts qumlari, granit, 
marmar,  oh’aktosh,  xarsangtosh  va  boshqa  oq  va  rangli  tog’  jinslarini  maydalab  olingan  qum 


ishlatiladi. Manzarali  qorishma  tarkibiga  bezash  faolligini oshirish  maqsadida ozgina  miqdorda 
slyuda,  vermikulit,  perlit,  shisha  maydasi  kiritiladi.  İchki  bezakda  pardoz  qatlamiga  dekorativ 
ko’rinish berish uchun rangli polimer donachalar h’am qo’shilishi mumkin. 
Manzarali  qorishmalarga  rang  berish  uchun  ishqor  muxitiga  chidamli  va  quyosh  nuriga 
bardoshli  tabiiy  va  suniy  pigmentlar  (lazur,  ultramarin,oxra,temirli  surik,  mo’miyo  va  boshq.) 
ishlatiladi. 
Temirbeton  panellarni  pardozlash  uchun  kamida  150  markali,  engil  betonlardan 
tayyorlangan  panellarni  pardozlash  h’amda  binolarning  fasadlarni  suvash  uchun  50  markali 
qorishmalar ishlatiladi. 
Manzarali  qorishmalarning  sovuqqa  chidamliligi  kamida  /35  markada  bo’lishi  kerak. 
Qorishmaning  massa  bo’yicha  suv  shimuvchanligi  8%  oshmasligi  zarur.  Yirik  panellar  va 
bloklarni zavodda manzarali qorishmalar asosida fakturali ishlanishi tavsiya etiladi. 
Buning  uchun  rangli  metallar,  plastik  va  shishaplastik  relefli  matritsa  joylashtirilgan 
qoliplar  ishlatiladi.  Qorishma  yuzasini  abraziv  disklar  va  boshqa  usullarda  ishlov  berish 
qorishma qotgandan keyin h’am amalga oshirilishi mumkin. 
 

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish