9.6. Maxsus qorishmalar
Gidroizolyatsion qorishmalar. Gidroizolyatsion qorishmalar odatda portlandtsement,
sulfat muxitiga chidamli tsement, gidrofob tsement va kengayuvchi tsement asosida
tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5 (tsement:qum, massasi bo’yicha) bo’lib, suv
o’tkazmaslik xususiyatini yanada yaxshilash uchun tarkibiga h’ar xil zichlashtiruvchi moddalar
(natriy alyuminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi.
Gidroizolyatsion qorishmalar doimo nam, suv yoki agressiv muxitlar tasirida bo’ladigan bino va
inshootlarning qismlarini, yuzalarini suvashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |