qisqartirishga va tannarxini pasaytirishga olib keladi. Malumki, betonning siqilishdagi
mustah’kamligi cho’zilishdagi mustah’kamligiga nisbatan bir necha o’n barobar ko’pdir.
Betonning aynan shu xususiyati temirbeton konstruktsiyalar tayyorlanganda cho’ziluvchi qismini
po’lat armaturalar bilan kuchaytirishni taqozo etadi.
Beton va po’lat armaturaning yaxshi tishlashishi va h’arorat tasirida chiziqli kengayish
koeffitsientlarining yaqinligi temirbetonni bir butun tizim bo’lib ishlashini taminlaydi. Beton
po’lat armaturani ob-h’avo tasirida korroziyalanishdan saqlaydi.
Temirbeton tayyorlanish usuliga ko’ra monolit va yig’ma konstruktsiyalarga bo’linadi.
Monolit temirbeton konstruktsiyalar bevosita qurilish maydonlarida tayyorlanadi. Ular
maxsus loyixalar asosida quriladigan bino va inshootlarda, gidrotexnik, yo’l qurilish va
aerodrom qoplamalari va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda
qolip-opalubka, h’avoza va beton quyish ishlariga ko’p qo’l meh’nati sarf bo’ladi. Ularni quruq
issiq iqlim sharoitida va qish mavsumida tayyorlash qiyinchiliklar tug’diradi.
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan sharoitda ishlab
chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda tiplari, o’lchamlari minimal
o’zgaruvchan bo’lgan temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqarish tejamli bo’ladi.
Temirbeton konstruktsiyalar oddiy va armaturasi avvaldan taranglangan turlarga bo’linadi.
Po’lat armaturani avvaldan taranglashdan maqsad po’lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish
h’olatini, temirbeton konstruktsiyaga yuklama qo’yilganda, keskin kamaytirishdir. Bu h’olatda
temirbeton konstruktsiyaning cho’ziluvchi qismidagi beton siqiladi va unga shu kuchlanishdan
yuqori bo’lgan kuchlanish h’osil bo’lgandagina cho’zilishga ishlaydi. Konstruktsiyaning
cho’ziluvchi qismidagi armatura taranglanganda betonda yoriqlar h’osil bo’lishi keskin
kamayadi.
Armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruktsiyalarda beton va armaturaning
yuk ko’tarish imkoniyatlari to’laroq ishlatiladi va shuning uchun konstruktsiyaning massasi
kamayadi.
Bu
turdagi
konstruktsiyalar
tayyorlashda
yuqori
markadagi
beton
va
mustah’kamlikdagi po’lat armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan mamlakatlarda monolit temirbeton konstruktsiyalar tayyorlashga moyillik
yuqoridir. Hozirgi kunda O’zbekistonda monolit beton ishlarini olib borish bo’yicha Vazirlar
Maxkamasining qarorlari mavjud bo’lib, bu soh’ani rivojlantirishga katta ah’amiyat berilmoqda.
2003 yilda katta assortimentda unifikatsiyalashtirilgan monolit beton qoliplarini ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan “Pashal Verke” LTD o’zbek-nemis qo’shma korxonasining ishga
tushirilishi bunga yaqqol misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: