5.2. Havoyi bog’lovchilar
Havoyi oh’ak. Havoyi oh’ak tarkibida 6% gacha giltuproq bo’lgan kaltsiyli va magniyli
karbonat tog’ jinslari: bo’r, oh’aktosh, dolomitlashgan oh’aktosh va dolomitlarni kuydirib
olingan bog’lovchi materialdir. Oh’ak bog’lovchisi (kipelka) oq va kul rangida bo’lib, bo’lak-
bo’lak h’olda h’osil bo’ladi. Havoyi oh’ak bog’lovchisi quyidagi turlarda bo’ladi: so’ndirilmagan
maydalangan, so’ndirilgan gidrat (pushonka), oh’ak qorishmasi va oh’ak suti.
Oh’ak bog’lovchisi tarkibidagi SaO miqdoriga nisbatan kaltsitli, magnezialli va dolomitli
bo’lishi mumkin. Kukun oh’ak tayyorlash uchun so’ndirilmagan oh’ak, domna shlaki,
elektrotermofosforli shlak, aktiv mineral qo’shimchalar bilan birga maxsus tegirmonda tuyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |