Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик


 Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

3.2. Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar 
Keramik  materiallar  xom  ashyosini  asosan  gil  tashkil  etadi.  Gil  xossalarini  yaxshilash 
maqsadida  uning  tarkibiga  yog’sizlantiruvchi,  jins  h’osil  qiluvchi,  kuyib  ketadigan  va 
plastikligini  oshiruvchi  qo’shimchalar  qo’shiladi.  Gil  tarkibidagi  dala  shpati  magmatik  (granit, 
sienit  va  x.k.)  va  metamorfik  (gneys)  tog’  jinslarining  nurashidan  h’osil  bo’lgan  mah’sulotdir. 
Shu  sababli  xom  ashyo  tarkibi  asosan  alyumosilikatlardan  (Al
2
O
3
.
2SiO
2
.
2H
2
O)  iborat  bo’lib, 
kvarts, slyuda va boshqa minerallar, organik moddalar aralashgan bo’lishi mumkin. Gil tarkibida 
oh’akning bo’lishi keramik material olish jarayonida ularning buzilishiga olib keladi. 
Gilning  donador  tarkibi,  zarrachalarning  o’lchamlari  keramik  material  xossalariga  tasir 
etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko’p miqdorda bo’ladi. Uning zarrachalari diametri 0,05 mm 
va undan kamroq bo’lsa, gil suvga qorilganda plastik massa h’osil bo’ladi, quritilganda shaklini 
saqlab qoladi va kuydirilgach buyum mustah’kam va suvga chidamli bo’ladi. Bundan tashqari gil 
tarkibida zarracha o’lchamlari 0,005-0,15 mm li changsimon va zarracha o’lchamlari 0,16-5 mm 
li qum bo’lishi mumkin. 


Gillarning asosiy xossalari plastikligi, h’avoda va kuydirishdagi kirishishi, olovbardoshligi, 
buyumning rangi va h’okazolar. 
Plastiklik  gil  va  suv  qorishmasining  tashqi kuch  tasirida  yoriqlar  h’osil  qilmasdan  kerakli 
shaklga  kirishi  va  kuch  olingach  ushbu  shaklni  saqlab  qolish  xususiyatidir.  Gil  zarrachalari 
qanchalik  mayda  bo’lsa,  u  shunchalik  suvni  ko’p  talab  qiladi  va  buyumni  quritish  va  pishirish 
jarayonida kirishish yuqori bo’ladi. Gillar yuqori plastik (yog’li) o’rtacha plastik va kam plastik 
(yog’siz)  bo’ladi.  Ёg’li  gillarga  ishlov  berish  oson,  lekin  buyumlarni  quritish  va  pishirish 
jarayonida  h’ajmi  kichrayadi  va  darzlar  h’osil  bo’ladi.  Gil  plastikligini  oshirish  maqsadida 
yuqori  plastiklikdagi  gil,  bentonitlar  va  sirt  aktiv  moddalar  (texnik  lignosulfonatlar  va  sh.k.) 
ishlatiladi. 
Yuqori 
plastiklikdagi 
gilni 
yog’sizlantirish 
uchun 
xom 
ashyo 
aralashmasiga 
yog’sizlantiruvchi  qo’shimchalar  (shamot,  shlak,  kul,  mayda  qum  va  sh.k.)  yoki  malum 
miqdorda plastikligi kam gil qo’shiladi. 
Keramik materialda g’ovak h’osil qilish uchun uning tarkibiga yog’och qipig’i, toshko’mir 
kukuni,  lignin,  torf  changi  singari  kuydirish  jarayonida  yonib  ketadigan  qo’shimchalar 
qo’shiladi. Bu qo’shimchalar yog’sizlantiruvchi h’isoblanadi. 
Gil  tarkibiga  dala  shpati,  temir  rudasi,  dolomit,  magnezit,  qumtosh,  talk,  shisha  kukuni, 
perlit va boshqalar keramik buyumlarning pishirish h’aroratini pasaytirish uchun qo’shiladi. 
Keramik  buyumlarning  kislotaga  bardoshliligini  oshirish  uchun tarkibiga  suyuq  shisha  va 
qum aralashmalari birgalikda qo’shiladi. Temir, kobalt, xrom, titan va boshqa metallar oksidlari 
kiritilib, rangli keramika buyumlari tayyorlanadi. 
Keramik  buyumlar  suv  o’tkazmasligi  yoki  yuzasi  tekis,  chiroyli  bo’lishi  uchun  yuzasi 
glazur  yoki  angob  bilan  qoplanadi  (sirlanadi).  Glazur  0,1-0,2  mm  qalinlikdagi  shishasimon 
qoplama bo’lib, pishirish jarayonida keramik materiallarga katta kuch bilan yopishadi. 
Glazurlar shaffof  va shaffof emas turli ranglarda  bo’ladi. Glazur kvarts qumi, kaolin, dala 
shpati,  ishqorli  va  erishqorli  metallar  aralashmalaridan  kukun  h’olatda  tayyorlanadi  va  buyum 
yuziga kukun yoki suspenziya xolatida pishirishdan oldin surtiladi. 
Angob  oq  yoki  rangli  gil  qorishmasini  buyum  yuziga  surtilib,  pishirib  olingan 
yaltiramaydigan  qoplama  bo’lib,  buyumlarning  yuza  qismi  zichligini  oshiradi.  Angob  va 
keramik buyumlar xossalari o’xshash bo’lishi zarur, aks xolda qoplama ko’chib ketishi mumkin. 
 

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish