Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

 
Klinker ishlab chiqarish 
Klinker  ishlab  chiqarishda  xomashyo  tarkibini  75-78%  oh’aktoshlar  va  22-25% 
giltuproqlar tashkil etadi. Xomashyo tarkibini boyitish uchun tarkibiy oksidlarning birini tashkil 
etuvchi  komponentlar  kiritiladi.  Kremniy  oksidning  miqdorini  oshirish  uchun  kolchedan 
ogarkalari  yoki  rudasi  qo’shiladi.  Bundan  tashqari  tsement  ishlab  chiqarishda  sanoat 
chiqindilaridan  shlaklar,  toshko’mir  kuli,  nefelin  shlami  ishlatiladi.  Ularning  tarkibida  50-60% 
SaO;  25-30%  SiO
2
;  2-5%  Al
2
O
3
;  3-8%  boshqa  oksidlar  bo’lishi  mumkin.  Bu  yarimtayyor 
komponentlarni tsement tarkibiga kiritilishi yoqilg’i sarfini 20-25% kamaytiradi. 
Klinkerni  kuydirish  asosan  yoqilg’i  sifatida  tabiiy  gaz,  xususiy  h’ollarda  esa  toshko’mir 
kukuni  yoki  mazut  ishlatiladi.  Gaz  yoqilganda  klinker  toza  kuydiriladi,  ko’mir  va  mazut 
yoqilishi esa klinkerni 10-20% ga nokerak komponentlar bilan boyitadi. 
Tsement  ishlab  chiqarish  quyidagi  jarayonlarni  o’z  ichiga  oladi:  oh’aktosh  va  giltuproqni 
qazib chiqarish va zavodga keltirish; xomashyoni tayyorlash; xomashyoni kuydirib klinker olish; 
gips  olib  klinkerni  tuyish  (15%  gacha  gidravlik  qo’shimchalar  qo’shish  mumkin);  tsementni 
omborxonalarga joylashtirish. 
Xomashyo  pishirish  xumdonlariga  3  xil  usulda  tayyorlanadi:  quruq,  xo’l  va 
kombinatsiyalashgan usullar. 


Xo’l  usulda  xomashyo  komponentlari  turli  usullarda  maydalanib  aralashtiriladi  va  suv 
ishtirokida  tuyiladi.  Hosil  bo’lgan  massa-shlam  nasoslar  yordamida  shlambasseynlarga 
yuboriladi.  Shlam  tarkibidagi  suv  miqdori  35-45%  ni  tashkil  etadi.  Uning  tarkibidagi  oson 
eruvchan  oh’aktosh, giltuproq dispers  majmuani  h’osil  qiladi. Ho’l  usulda klinker  pishirilganda 
yoqilg’i  sarfi  quruq  usulga  nisbatan  1,5-2  marta  ko’p  sarflanadi.  Ho’l  usulda  xom  ashyo 
tayyorlanganda  suv  ishtirokida  mayin  shlam  massasi  h’osil  bo’ladi.  Bu  usulda  xomashyo 
materiallar-oh’aktoshlar  karerdan  keltiriladi  va  jag’li  va  to’qmoqli  maydalagichlarda  5  mm 
kattalikgacha  maydalanadi.  Giltuproq  va  bo’r  yumshoq  bo’lganligi  uchun  glinaboltushkalarda 
ezg’ilanadi.  Maydalangan  oh’aktosh  va  giltuproq  birgalikda  sharli  tegirmonlarda  suspenziya 
h’olatigacha tuyiladi. Sharli tegirmon uzunligi 15 m, diametri 3,2 m bo’lgan, po’latdan ishlangan 
tsilindr bo’lib, ichi 3 bo’lakka bo’lingan. Xomashyo ichi bo’sh vallar (tsapfa) orqali bosim ostida 
bir  tomondan  beriladi,  ikkinchi  tomondan  esa  olinadi.  Tegirmon  ichida  birinchi  va  ikkinchi 
bo’lmalar  po’lat  yoki  cho’yan  sharlar  bilan,  uchinchi  bo’lma  esa  kichik  o’lchamdagi  tsilindrlar 
bilan to’ldiriladi. Quvursimon tegirmonlar to’xtovsiz ravishda ishlaydigan uskuna bo’lib, soatiga 
30-50 tonna xom ashyoni shlam massasiga aylantirib beradi. 
Hosil  bo’lgan  shlam  nasoslar  yordamida  temirbeton  yoki  po’latdan  yasalgan 
shlambasseynlarga  yuboriladi.  Shlambasseynlarda  shlam  tarkibi  etiladi  va  5-7  kunlik  zah’ira 
miqdorida  saqlanadi.  Basseyndan  shlam  o’lchovli  taminlovchi  orqali  aylanma  xumdonlarga 
kuydirish uchun uzatiladi. 
Quruq usulda klinker tsiklonli  issiq almashinuvchi reaktor-dekarbonizatorlarda pishiriladi. 
Bu  usulda  bir  texnologik  tizimda  3000  tonnagacha  klinkerni  pishirish  mumkin.  Bu  usulda 
yoqilg’i  sarfi  h’o’l  usulga  nisbatan  30-40%  kam  sarflanadi.  Xumdonlarga  metall  sarfi  2,5-3 
marta  kamayadi.  Quruq  usulga  binoan  oh’aktosh  va  giltuproq  tegirmonda  1-2%  qoldiq 
namlikgacha maydalanadi. 
Kombinatsiyalashgan usulda  h’o’l usulda singari  bo’lakchalar tayyorlanib  so’ng quritiladi 
va  quruq  usulga  binoan  kuydiriladi.  Bunda  yoqilg’i  sarfi  20-30%  gacha  h’o’l  usulga  nisbatan 
kam sarflanadi. 
Takidlash zarurki, klinker olishda  h’ar  bir usulning yutuq va kamchiliklari  mavjud bo’lib, 
h’o’l  usulda  suvli  sharoitda  xomashyo  tez  maydalanadi,  ammo  quruq  usulga  nisbatan  yoqilg’i 
1,5-2 
marta 
ko’p 
sarflanadi. 
Keyinchalik, 
xomashyoni 
maydalash 
texnologiyasini 
mukammallashtirish,  tsiklonli  issiq  almashtiruvchi  va  dekarbonizatsiyalovchi  reaktorlar  bilan 
kuydirish  xumdonlarini  taminlash  klinker  ishlab  chiqarishda  quruq  usulga  o’tishni  taminlaydi. 
Tsement ishlab chiqarishda kuydirish xumdoni asosiy vazifani o’taydi va eng murakkab jarayon 
bajariladi. 


Kuydirish  xumdoni  (6.1-rasm)  bo’lak-bo’lak  po’latdan  yasalgan,  ichki  tomondan  olovga 
bardoshli materiallar bilan qoplangan uzun tsilindr ko’rinishida bo’ladi. 
 

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish