6.2. Tsement va uni ishlab chiqarish
Romantsement. Romantsement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo’lgan
mergelli oh’aktosh va magnezitlarni 900
0
S h’aroratda kuydirib olinadi. Kuydirilganda h’osil
bo’ladigan kichik tartibli kaltsiyli silikatlar va alyuminatlar romantsementga gidravlilik
xususiyatini beradi. Xomashyo kuydirilganda romantsement tarkibida oh’ak erkin h’olatda 2-3%
miqdorgacha h’osil bo’lishi mumkin.
Romantsement tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliej singari aktiv
mineral qo’shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Romantsement 3 xil markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U past markadagi
qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |