Microsoft Word analitik kimyo ruziyev



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/53
Sana23.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#696074
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
analitik kimyo ruziyev

 
Voltamperometriya 
Polyarografik tahlil
Voltamperometrik tahlil usuli - elektrodga berilgan potensialning yacheyka 
orqali o’tgan tok kuchiga bog’liqligini aniqlashga asoslangan. O’lchash usuli, 
kattaligi, elektrodlar kabilarga qarab uning bir necha turi mavjud: 
1. Klassik polyarografiya; 
2. Kvadrat to’lqinli polyarografiya; . 
3. Inversion voltamperometriya; 
4. Vektorli polyarografiya; 
5. Ossillografik voltamperometriya; 
6. Impulsli polyarografiya; 
7. Amperometrik titrlash. 
Ushbu usullardan biz polyarografik usul bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
Yacheykaga berilayotgan potensialning ma’lum qiymatida elektrodda 
moddaning oksidlanishi yoki qaytarilishi. natijasida elektrokimyoviy reaksiya 
ro’y beradi va shu vaqtda tokning oshishi kuzatiladi. Bunday bog’lanishni 
kuzatishga, aniqlashga asoslangan usul polyarografiya deyiladi. 


77 
Polyarografiya usulini 1922 yilda chex olimi Ya.Geyroviskiy tavsiya 
qilgan. Polyarografik yacheyka –modda eritilgan fon elektrolitdan, tomchilovchi 
simob elektrodidan iborat shisha idishdan tuzilgan. Kaplyardan o’tgan simob 
diametri 1 mm bo’lib, doimiy yangilanib turiladi. Bu esa elektrodning yuzasi 
doimiy yangi bo’lishini va qaytarilgan ionlar bilan ifloslanmasligini taminlaydi 
17 –rsam. Polyarografik qiymatining va voltamper egri chizig’ining 
umumiy ko’rinishi 
Shuning uchun tomchilovchi simob elektrodi qutblanadigan elektrod 
vazifasini o’taydi. Taqqoslash elektrodi sifatida esa Ag/AgCl, kalomel yoki katta 
yuzaga ega bo’lgan simob qavati (yacheykaning tag qismida) dan foydalaniladi. 
Bu elektrod qutblanmaydigan elektroddir. Polyarograf elektrodlarni 
potensialning 0-(-3) yoki +3 V- gacha qiymatlari bilan ta’minlab, 
polyarogrammani avtomatik yozib bera oladi. 
Elektrodga potensial berilganda, tokning ma’lum qiymatigacha o’zgarish 
kuzatilmaydi (qoldiq tok). Modda ionlarining qaytarilish jarayoni 
boshlangandan keyingina tokning keskin oshishi kuzatiladi. Ionlarning 
qaytarilishi bilan paydo bo’lgan tok Faradey toki deyiladi, u barcha ionlar 
qaytarilib bo’lgancha oshadi. Shundan keyin ionlarning eritmadan elektrodga 
diffuziyasi boshlanadi va tok stabil bo’lib qoladi. 
Tokning oshishi paytidagi polyarogramma polyarografik to’lqin, to’yingan 
tokning diffuziya tezligi bilan aniqlangani uchun diffuzion tok deyiladi. 
Polyarogrammadagi to’lqinning yarmiga to’g’ri keladigan nuqta esa yarim 
to’lqin potensiali deyiladi(E
1/2
). 
Yarim to’lqin potensiali (polyarografik to’lqin oblastida) E
1/2
diffuzion tok 
Jd qiymati orqali bog’langan va u polyarografik to’lqin tenglamasi deyiladi: 
E=(E
[/2
)-0,059/n*lg*J/J
d
.j 
Polyarografik to’lqinning h-balanligi modda konsentratsyasiga bog’liq 
bo’ladi. Modda konsentratsyasi yuqori bo’lsa 
h
-ham yuqori bo’ladi. Diffuzion 
tokning konsentratsiyaga bog’liqligini Ilkovich tenglamasi orqali ifodalash 
qulaydir: 
J=K*C
K=607*n*D
l/2
t
1/6
m
2/3 


78 
Bu yerda К - doimiy qiymatga ega. n-elektrokimyoviy reaksiyada 
almashinayotgan elektronlar soni, D- diffuziya koeffisienti, m-simob 
tomchisining massasi, t-simob tomchilari orasidagi vaqt. 
Polyarografik tahlilda sifatiy tahlil yarim to’lqin potensialidan, miqdoriy 
tahlil esa polyarogrammaning balandligidan iboratdir. Ko’pincha polyarografik 
aniqlashlar jarayoniga migrasion tok ham ta’sir qiladi. Shuning uchun buni 
hisobga olish zarur. Bunga ba’zi ionlarning ayni muhitda qaytarilmasligi sabab 
bo’ladi. Masalan, qo’rg’oshinni aniqlash paytida K
+
ning qo’shilib qolishi 1-
polyarogrammani hosil qiladi. U holda to’yingan tok qiymati: 
J
td
=I
m
+J
d
Polyarografiyaning afzalliklaridan yana biri agar elektrolit to’g’ri tanlansa, 
bu elektrolitda bir qancha metall va metallmas ionlar qaytarila olsa, 
aniqlanadigan har bir ion J
td
ning va 
E
1/2
ning o’ziga xos qiymatlarida 
polyarogrammada ketma-ket chiqib keladi (12-rasm) 
To’yingan -diffuzion tok elektroaktiv modda polyarogrammasidagi tokning 
oshishiga muvofiq bo’lgan, depolyarizatorning elektrod sirtiga kelish tezligi 
cheklanganligi oqibatida yuzaga keladigan tok to’yingan tok bo’lib, bu tok 
to’yingan elektrodga diffuziya tufayli kelganligi uchun bu tok to’yingan 
diffuzion tok deyiladi. 
Diffuzion tokning qiymati quyidagi omillarga bog’liq: 
1. Elektrokimyoviy reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar soniga; 
2. Diffuziya koeffisientiga; 
3. KapHlyaming xususiyatlariga; 
4. Fon elektrolitining tabiati va konsentratsiyasiga; 
5. Erituvchiningtabiatiga; 
6. Bosimga; 
7. Elektrodlarga beriladigan kuchlanishning qiymatiga; 
8. Haoratga. 
Qaytar elektrokimyoviy reaksiyaning polyarogrammasi tikka cho’ziq 
polyarogrammadan, qaytmas elektrokimyoviy reaksiyaning polyarogrammasi 
esa qiya chiziq polyarogrammadan iboratdir. 
Polyarografik tahlilning afzallik va kamchiliklari unda ishlaydigan 
tomchilaydigan simob elektrodining faoliyati, qo’llanilishi bilan belgilanadi. 
Usulning afzalliklari - vodorod ionlarining vodorodga qaytarilishi, elektrod 
sirtining yangilanib turishi, elektrod sirtida adsorbsion hodisalarning 
uchramasligi, polyarogrammalar qayta takrorlanuvchanligining yuqoriligidan 
iborat. Kamchiliklari esa +0,3-0,4 V dan ortiq anod tokida ishlash mumkin 
emasligi, kapillyarning tezda ifloslanib ishdan chiqib qolishi, simob bug’inining 
zaharliligidan iboratdir. 


79 
Polyarografiyaning qo’llanilish sohalari quyidagilardir: 
1. Ayrim olingan moddalarni sifatiy va miqdoriy aniqlash; 
2. Kimyoviy . va elektrokimyoviy reaksiyalarning kinetikasini o’rganish; 
3. Adsorbsiya hodisalarini o’rganish; . 
4. Organik moddalarning tuzilishini o’rganish; 
5. Reaksiyalarning mexanizmini o’rganish; 
6. Moddalarning aralashmalari tarkibini sifatiy va miqdoriy aniqlash; 
7. Kimyoviy va elektrokimyoviy reaksiyalarning muvozatini o’rganish. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish