Kamchiligi: xarakteristikaning nochiziqliligi, zamonaviy taxogeneratorlarda xatoliklari 0,2 – 0,5 foizgacha.
4.4.2. Induktiv o‘zgartkichlar
Induktiv o‘zgartkichlarning ishlashi o‘lchanayotgan noelektrik kattalikni unga proporsional bo‘lgan induktivlikka aylantirishga asoslangan. Bunda o‘zgartkichning chiqish induktivligi:
2 S L w 0
l
.
Ifodaga muvofiq o‘ramlar soni, havo oralig‘ining aktiv yuzi (S) yoki uzunligi (l) o‘zgarishi mumkin. w=f (x) va l = f (x) o‘zgarganda statik xarakteristika asosan nochiziq, S = f (x) da chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi. Induktiv o‘zgartkichlar qo‘zg‘aluvchan qismining turiga ko‘ra qo‘zg‘aluvchan magnit o‘tkazgichli (4.5- a va e rasm qo‘zg‘aluvchan ferromagnit o‘zakli), qo‘zg‘aluvchan chulg‘amli (4.5- b, f rasm) va ekranlilarga (4.5- d hamda g rasm) bo‘linadi. Statik xarakteristika nochiziqligini kamaytirish maqsadida differensial sxemali induktiv o‘zgartkichlar yaratilgan (4.5- e, f, g rasm).
4.5- rasm. Induktiv o‘zgartkichlar konstruksiyalari.
Induktiv O‘O‘ mashinasozlik, transport va agrosanoat ishlab chiqarishida chiziqli va burchak siljish, tezlik va tezlanishlarni o‘lchashda keng qo‘llaniladi.
Masala. Sanoat chastotasi 50 Gs, kuchlanishi 220 V li manbaga ulangan induktiv o‘zgartkichning induktiv, aktiv va to‘la qarshiliklarini aniqlang. Bunda tok 0,1 A, quvvat 40 Vt.
Yechish. Induktiv o‘zgartkichning to‘la qarshiligi:
Z U 220/ 0,1 = 2200 Om
.
G‘altakning aktiv qarshiligi:
U 2 2202
r 1210 Om
P 40 .
I nduktiv qarshilik: L Z 2 r2 22002 12102 1837,36 Om. x
4.4.3. Transformatorli o’zgartkichlar
Transformatorli o'zgartkich tarkibida qo'zg'aluvchan qism bo'lgan transformator bo'lib, uning o'zaro induktivligi g'o'zg'aluvchan qismning koordinatasiga bog'liq bo'ladi, ya'ni M f (x). Transformatorli uzgartkichlar xuddi induktiv o'zgartkichlar singari qo'zg'aluvchan magnit o'zakli, chulg'amli va ekranli turlarga bo'linadi (4.6 - rasm, a, b va c)
4.6 - rasm
"Elektrotexnikaning nazariy asoslari" kursidan bizga ma'lumki, o'zaro induktiv bog'langan ikkita chulg'am orasidagi o'zaro induktivlik quyidagicha aniqlanadi:
Ф2
M w2 ,
I1
bu yerda w2 - ikkinchi chulg'amdagi o'ramlar soni, I1 - birinchi chulg'amdagi tok,
Ф2 - birinchi chulgam tokidan hosil bo'lgan magnit oqimining ikkinchi chulg'am bilan ilashgan qismi.
Qo'zg'aluvchan chulg'amli transformatorli o'zgartkich o'zgartirish funksiyasi
(magnit o'tkazgich magnit singdiruvchanligi va sochilgan magnit oqimlari ФS 0 bo'lganda) quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
E2 jw1w2 I1gx,
b
bu yerda g 0 - o'zaro parallel joylashgan ikkita magnit o'tkazgich orasidagi
havo oralig'I magnit o’tkazuvchanligining qo'zg'aluvchan qism koordinatasi x bo'yicha solishtirma qiymati, - havo oralig'ining magnit oqimi yo'lidagi uzunligi, b - magnit o'tkazgich eni.
Qo'zg'aluvchan magnit o'zakli transformatorli o'zgartkich o'zgartirish funksiyasi quyidagicha ifodalanadi:
E 2 2 j w1 I 1wo'Gx,
bunda wo' - magnit o'tkazgichga tekis taqsimlab o'ralgan o'lchash chulg'ami o'ramlar sonining solishtirma qiymati; G - magnit o'tkazgich va qo'zg'aluvchan magnit o'zak orasidagi havo oralig'ining magnit o'tkazuvchanligi.
Qo'zg'aluvchan ekranli transformatorli o'zgartkichning o'zgartirish funksiyasi ekranning magnit qarshiligi Re (mis xalqaning elektr o'tkazuvchanligi Ge ) bo'lganda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
E2 j2w1w2 I1g x.
Do'stlaringiz bilan baham: |