Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc



Download 12,37 Mb.
bet27/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

Ferrodinamik asboblar. Ferrodinamik asboblar elektrodinamik asboblarning bir turi bo‘lib, ularda magnit maydonini kuchaytirish uchun qo‘zg‘almas g‘altak chulg‘amlari elektrotexnik po‘lat plastinkalar tarzida yig‘ilgan magnit o‘tkazgichda joylashtirilgan (2.15- rasm). Magnit o‘tkazgich punktir bilan ko‘rsatilgan.
Ferrodinamik o'lchash mexanizmlarining klassik o'quv adabiyotlarida keltirilgan konstruksiyalari aylantiruvchi moment qiymatining nisbatan kichikligi va qo'zg'aluvchan qism burilish diapazonining torligi kabi kamchiliklarga ega. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent politexnika institutida prof. Zaripov M.F., dots. Tarxanov O.V. va dots. Qodirova Sh.A. lar tomonidan ferromagnit o'lchash mexanizmining yangi konstruksiyasi taklif etilgan (2.16 rasm).
O'lchash mexanizmining magnit o'tkazgichi o'zaro ustma-ust joylashtirilgan 1, 2, 3 halqalar ko'rinishida yasalgan bo'lib, ular o'zaro bitta vertikal va 3ta radial magnit ulagichlar yordamida ulangan. 2 va 3 halqalarning vertikal o'qqa nisbatan simmetrik bo'lgan qismlari uzilgan. Birinchi chulg'amning ikkita - 4, 5 seksiyalari vertikal magnit ulagichga erkin o'ralgan. Chulg'amning ikkita - 6, 7 seksiyalari ikkala chetdagi halqalarga erkin ravishda ulangan. Bunda birinchi va ikkinchi chulg'amlarning seksiyalari
2.16 – rasm o'zaro shunday ulanganki, ikkala chulg'amga o'zgarmas yoki o'zgaruvchan
tok berilganda Ф11 va Ф21 magnit oqimlari o'zaro mos, Ф12 va Ф22 magnit oqimlari esa o'zaro qarama-qarshi yo'nalgan. Buning natijasida qo'zg'alish imkoniyatiga ega bo'lgan magnit o'tkazgichni uning vertikal magnit ulagich o'qi atrofida aylantiruvchi moment hosil bo'ladi. Ikkinchi chulg'am 6 va 7 seksiyalarining balandligi o'rtadagi halqa 1 dan mos ravishda 2 va 3 halqalarga bo'lgan oraliq qiymatiga olinishi mumkin bo'lganligi sababli, aylantiruvchi moment qiymati ancha katta bo'ladi. Teskari ta'sir etuvchi moment hosil qiluvchi prujinalar magnit o'tkazgich o'rnatilgan o'qda joylashtiriladi (rasmda keltirilmagan). Bu ferromagnit o'lchash mexanizmi qo'zg'aluvchan qismining burilish diapazoni 0 dan 330 gacha yetishi mumkin. Mexanizm tokli chulg'amlarining qo'zg'almas qilib yasalganligi uning ishlashda ishonchliligini oshiradi.
Ferrodinamik asboblarning afzalliklariaylantiruvchi momentning kattaligi, tashqi magnit maydoni ta’sirining va quvvat iste’molining kamligidir.
Kamchiliklari – magnit o‘tkazgich mavjudligi tufayli aniqlik nisbatan past, chastota va harorat o‘zgarishiga sezgirligi nisbatan yuqori.
Ferrodinamik asboblarning aylantiruvchi momenti katta bo‘lganligi sababli ular o‘ziyozar asboblarda keng qo‘llaniladi. Chunki bunday asboblarda yozuvchi peroning qog‘ozga ishqalanishini yengish uchun ancha katta moment talab qilinadi.
Ferrodinamik asboblar o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘zg‘almas va ko‘chma ampermetr, voltmetr va vattmetrlar sifatida ishlatiladi.
Elektrodinamik va ferrodinamik logometrlar amaliyotda faza siljishi, chastota, sig‘im, induktivlik va ko‘pgina noelektrik kattaliklarni o‘lchashda keng foydalaniladi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish