Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc


Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari



Download 12,37 Mb.
bet5/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari xuddi qarshilik o‘lchovlari kabi ayrim g‘altaklar ko‘rinishida yoki magazinlar ko‘rinishida yasalishi mumkin. Ularga qo‘yiladigan asosiy talablar – induktivlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasligi, aktiv qarshiligining kichik bo‘lishi hamda induktivlik qiymatining undan o‘tayotgan tok qiymatiga va atrof-muhit haroratiga bog‘liq emasligidir. Shuning uchun ham chulg‘am izolyatsion materialdan (odatda, chinnidan) yasalgan karkasga o‘raladi. Induktivlik va o‘zaro induktivlik o‘lchovlarining sifati g‘altakning aslligi Q ga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi (Q =L/R).
Induktivlik o‘lchovlari 0,0001, 0,001, 0,01, 0,1 va 1,0 Gn ga teng bo‘lgan nominal qiymatlarda ishlab chiqariladi.
O‘zaro induktivlikning namunaviy o‘lchovlari bitta umumiy karkasda joylashtirilgan ikkita chulg‘amdan iborat bo‘lib, ikkita juft qismaga ega.
O‘zgaruvchan induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari sifatida variometrlar qo‘llaniladi. Variometrlar – har biri o‘zgarmas qiymatli induktivlikka ega va biri ikkinchisiga nisbatan qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan ikkita g‘altak ko‘rinishidagi qurilmadir. O‘zgaruvchan induktivlik – g‘altaklarning to‘plami ko‘rinishida, shuningdek, induktivlik magazinlar ko‘rinishida yasalishi ham mumkin.
Induktivlik va o‘zaro induktiv g‘altaklar chastotasi 10 kGs gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari sifatida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan sig‘imli havo yoki boshqa turdagi dielektrikli (slyuda) kondensatorlar xizmat qiladi. Sig‘im o‘lchovlariga qo‘yiladigan asosiy talablar – chastota va haroratning o‘zgarishi hamda vaqt o‘tishi natijasida sig‘imning kam o‘zgarishi, dielektrik isrofni tavsiflovchi isrof burchagi tangensining kichikligi, izolyatsiya qarshiligining kattaligi va bardoshliligidir. Bu talablarga ko‘p jihatdan havo dielektrikli kondensatorlar javob bersa-da, sig‘im qiymatining kichikligi tufayli geometrik o‘lchamlari nisbatan katta bo‘ladi. Slyuda dielektrikli kondensatorlarda sig‘im qiymati nisbatan katta (1 mkFgacha) bo‘lsa-da, uning mo‘tadilligi ancha past bo‘ladi. Alohida sig‘im o‘lchovlari bilan bir qatorda sig‘im magazinlari ham ishlatiladi. Bu magazinlar yordamida 0,0001...1000 mkF oralig‘idagi sig‘imlarni olish mumkin.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish