Ot - “yirik ish -ulov hayvoni”
Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma noni anglatgan bu so’z at tarzida talaffuz qilingan. Mahmud Qashg’ariy bu so'zni “qattiq talaffuz qilinadigan alif bilan” deb alohida ta'kidlaydi. (Devon I. 70b) o’zbek tilida a unlisi a unlisiga almashgan: at>at
Ot ko’plab turkiy yodnomalarda qayd qilinganini uchratamiz. Masalan, «Alpomish», «Manas», «Qo’rqut ota kitobi»da ot yaxshilik belgisi, qahramonnmg eng yaqin safdoshi va do’sti sifatida shakllangan. O’rxun yodnomasidagi Kulteginning Bo’z oti ham shunday belgilardan hisoblanadi.
Nañ yilsig bodunqa olurmadim... (Kultegin 26) mol yilqili xalqqa (xoqon) bo’lmadim.
Bu o’rinda ham yilqi so’zi orqali xalqning ahvoli, ijtimoiy holati aks etgan.
Yilqilari ko’p xalq o’ziga to’q bo’lgan, parchada Bilga xoqonning mol-mulki bor xalqqa xoqon bo’lmagani aksincha, hech vaqosi yo’q xalqqa xoqon bo’lgani, ularni oyoqqa qo’ygani aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |