Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
bo’lganini gapirardi. Necha marta o’rtaga chiqib:”Biroz meni ham tinglang, u
nomussiz…men ham ikki og’iz gapirayin”, demoqchi bo’ldim. Ammo dugonam Amina
qo’limni qo’yib yubormasdi. Bir telbalik qilishimni bilardi. Uning sharafiga yaxshi so’zlar
aytildi. Hatto ba’zilar ko’zyosh ham qilib olishdi. Negadir bir kilo muz yutgandek ichim
muzladi. Amina o’sha kuni meni uylariga olib ketdi. Shu topda dindor oila muhitini
istamasdim. Ammo majbur bo’ldim. Kulfatli kunlarimning do’sti
Aminani hafa qilmoqchi
emasdim. U ham meni bilgani va o’zi dindor bir qiz bo’lgani uchun meni yolg’iz tashlab
qo’yolmasdi. Men kabi o’ylaydigan o’rtoqlarim oldida mening unchalik hurmatim yo’q
edi. Ulardek bir hayot kechirsang nima bo’pti. Buni esa men qilolmasdim. Inson obro’yi
bilan yashashi kerak. Har doim boshlangan suhbat, yotoqda bitmasdi, buning nomi esa
ko’ngil bilan ish ko’rish edi. Nomusszilikni ham,
hurmatsizlikni ham, dahriylikni ham bir
nomusi, obro’yi bo’lishi kerak. Sen erkaksan, sen yashay olasan. Senga hech kim
bo’ydoqligingni ta’na qilmaydi, men esa…Mana shu nuqtada men o’rtoqlarim bilan
kelisholmasdim.
Dugonam
Amina esa, dindor o’rtoqlari bilan emas, men bilan yurardi. Bilardim, o’z
ishonchiga ko’ra savobli ishni bajarayotgandi. Meni iymonga qaytarishni istardi. Oh,
qaniydi qila olsa. Ba’zida buni juda xohlayman. Ammo mening ko’nglim bunday jiddiy
narsalarni qabul qilmasdi.
Yana mavzudan uzoqlashdim, hojam, uzr so’rayman.
Juda charchadim, dam olayin.
Davom etishni xohlayman, bir ishkal bo’lmasa, albatta….
Yana birgamiz hojam. Amina mnei qo’ymay uyida olib qoldi. Chag’dash bilan bo’lgan
mojaroni hech kimga aytmaganini va aytmasligini tushuntirdi. Shunday qildi ham.
Haligacha o’sha falokatni hech kim bilmadi, demak, durust qiz, bergan so’zida turdi.
Boshqa tengdoshlar bilsa bormi, allaqachon tillarda doston bo’lardik. Mana dindorlarning
qadrli tomonlari. Hech bo’lmasa aytgan so’zlarida turadilar. Biz esa…U yog’ini aytmay
qo’ya qolay.
Yana uzoqlashdim shundaymi?Azoblarim meni o’ngu so’lga tortadi.
Toygan mavzular
emas, aqlim. Dunyoyim chigal, hayotim past, balandliklarga to’la. Yurishni bilmagan
odamdek no’noqman. Nima qilay qo’limda emas…
Dugonam va dadasi meni qutqarmoqchi.
Aminaning ota-onasi meni juda yaxshi kutib olishdi. Pokiza bir xonadon. Har tarafdan
huzurbaxsh. Baqirib-chaqirish, kufr, hiyonat va tuzoqlar yo’q. Bu yerda o’zimning juda
ishonchli qo’llarda ekanimni his qildim. Onasi meni mehr bilan quchib:”Xush keliding,
qizim”, deya o’par ekan, onamni esladim. Agar hayot bo’lganlarida edi,
u ham mening
yo’limni poylar, u ham menga ovqatlar tayorlar va meni ostonada qarshilar edi. Uning
qaynoq quchog’ida yotolmadim. Yonoqlarim mehr to’la dudoqlarini ko’rolmadi. Oh,
onam! Qaniydi tirik bo’lsangiz…Menga bir martagina “Qizim, bolajonginam” desangiz
yetardi…. Bu ovozni eshitolmay, qanchalar
hasratdaligimni bilsangiz edi…
Ona, o’ylamaki, kunlar o’tdi deb,
O’zgardi avvalgi hissim tobora!
Sendan umiddaman, sog’indim yana,
Bugun shfqatingga, muhabbatingga
Ehtiyoji yo’q, deb o’ylayapsanmi?
Balki avvalgidan ko’proq muhrojman!
Ul bokira sevging xotiramdayu
Har kecha yig’lagan dudoqlarimda.
Qanday tark etildim, qanday tashlandim!