www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
oshiqning topishuviga o’xshaydi…Namozni boshlasam, Rabbimning qarshimda turganini
butun hujayralarim bilan his qilaman, titrab hayajonlanib ketaman. Unga qo’l ochib,
bo’yin egish, yig’lab yolvorish, avf so’rash…Tushuntirolmayman, also
tushuntirolmayman. Bu tuyg’u, bu sevgi, bu ishq hech narsaga o’xshamaydi. Butun
borlig’imni rohat va lazzat chulg’aydi. O’sha ishqning sururini his qilmagan hujayram
qolmaydi. O’zimni xuddi pokiza va mas’um go’dakdek his qilaman. Oh, haqiqatda ham
shunday bo’lsa qaniydi. Buning uchun nimalar berishim kerak…Buning uchun har qancha
qurbonlik bo’lsa tayorman. Nasib qil, nima bo’ladi bu qulingga shu baxtni ravo ko’rsang,
yo Rabbim! Shu hislar og’ushida Rabbim huzuridaman. Ko’zlarimdan oqayotgan yosh
to’g’ri yonoqlarimdan sirg’alib tushayotganini his qilardim. Yuragimning hayajon bilan
ishq bilan urishi. Go’yo sho’x bir bolakay qo’lidagi qushcha kabi…
Ka’bada onamni ko’rdim
Mana shu payt o’sha voqeaning siri oydinlashdi. Qarshimdagi turgan devor, deraza,
pardalar bir zumda yo’qoldi. Go’yo teatr pardasi ochilib, boshqa sahna ko’rindi. Faqat
rasmlardagina ko’rganim – Ka’ba. Boshqa bir ko’rinishda men o’sha sahnada paydo
bo’ldim. Minglab musulmonlarning “Allohu Akbar!Allohu Akbar!” degan nidoalri ichida
Ka’baga qarab namoz o’qirdim. Kuchli hayajon, hayrat va jo’shqin tuyg’ular qo’ynida
edim. Bu joining fayzi, lazzati butun tomirlarimga qadar yetib bordi. Ha, xuddi shunday
olamon orasida edim. Bu hayol emas. Insonlar bilan ko’rishyapman, gaplarini
eshityapman. Yo Rabbim! Nimalar bo’lyapti? Bu tush bo’lmasin, uyg’ongach tugamasin.
Nogoh bir qo’l meni tutdi va “Bolam” deya quchog’iga oldi.
-Onajon…Siz?. . .
Yonida akam, Ammo dadam yo’q. So’rasam, yana o’sha javobni oldim:
-Haligacha hisobi tugamadi, eklgani yo’q.
Onamning to’yib bo’lmas hidini tuydim. Quchoqladim, hidladim, o’pdim.
-Onajon, siz qanchalar mehribonsiz. Akam bilan quchoqlashdim.
-Qizim, seni tabriklayman, -dedi onam. Sen Qu’ronni o’qiy boshlading, seni qutlayman.
Meni iymonimni o’sha kitoblar qytqardi. Seni ko’p duo qildik. Biz har juma kuni
Payg’ambarimiz sav bilan ko’rishamiz. Sen uchun necha marta Payg’ambarimizga sav
yolvordim. “Unga iymon haqiqatlari nasib qiladi”, deb mujda berdilar. Shukrlar bo’lsin.
Seni kutayotgandik. Demak, Janobi Haq tavbangni qabul qilibdi. Yu, seni
Payg’ambarimiz sav yonlariga olib boraman.
Allohim, men!. . . Mendek gunohkor, isyonkor bir qulmi shu? Sizga te’riflab
berolmayman, Xojam. Chunki bardoshim yetmaydi. Payg’ambarimiz sav bilan
uchrashdik. Bu gunohkor ummatini, qabul qildilar, meni odam safiga qo’shdilar.
-Seni muborak bir kunda chaqiramiz, -dedilar.
O’zimga keldim. Namoz o’qirdim. Bu qanday ikrom, qanday ehson…Qanday tushunish
mumkin bu hodisani? Yo Rabbim! Meni shuncha ne’matlarga munosib ko’rding.
Haqiqatini ayon qil! Qo’limni bo’sh qaytarma. Hijolat qilma. Sening avfing va rahmating
barcha gunohlardan xato va isyonlardan buyukdir. Ha, juda yaxshi tushundim, xojam.
Albatta, muborak bir kunda hayot bilan vidolashish nasib qiladi…Muborak kun…Bu juma
bo’lishi mumkinmi? Yaqinlashayotgan Baroat kechsi ham…Ikkisi ham juda yaqin.
Yo’lovchiman…Go’zallar go’zali…Buyuklar buyugining roziligini topish yo’lidaman. Barcha
gunoh, xato va isyonlarim bilan…Uning eshigiga borib, boshimni egaman. Balki, maktub
yozib bitirolmasman. Toqatim tugadi, bardoshim so’ndi. Yana biroz dam olayin. Bugungi
kun men uchun so’nggi faslning boshlanishi edi.
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |