O’zini qidirgan odam
“O’zini qidirgan odam…” Muallifi o’zingiz afandim. Bu kitobni avvalroq, litseydagi
matematika o’qituvchimning ayoli ham bergan edi. Ammo unga e’tibor qilmagan,
o’qimagan edim. Yana kitob o’qidik. Suhbatlashdik, savollar berdim. Dugonam
shunchalik muakammal inson ediki, nimani so’rasam, mantiqqa xos, meni sihontiruvchi
javoblar berardi. Kechqurun kitobingizni o’qiy boshladim. “O’zini qidirgan odam”…Xuddi
mening kitobim…Mendek o’zini yo’qotgan, xarob qilgan, so’ngra:”Bir qutqaruvchi
yo’qmi?”deya faryod qilgan insonlar kitobi…Kitobda nimalar yo’q? Kitob diqqat bilan
o’qilsa, inson aqli bilan qalbini xiralashtiradigan, mone’lik qiladigan, ba’zi haqiatlarga
to’siq bo’lgan hamma narsa yo’qoladi. Hayajon ham tugagan natija…Uzoq yillar dahriy
bo’lgan mashhur bir kommunistning qaytishi va hayratlanarli ilk namozi… O’sha ilk
namozni o’qirkanamn, necha soatlar yig’ladim. Xuddi mening ilk namozim kabi. Men
yashagan buyuk fojelai sahna kabi. Iymonga qaytish. Allohga qaytish. Undan avf
so’rash. Bu nima degani? Siz bilmaysiz. Iymonini yo’qotgan, keyin mo’minlik baxtiga
erishganlar biladi buni…”Oz’ini qidirgan odam” xuddi o’tkir tabibdek ma’naviy
muammolariga malham qo’ydi, javobsiz deb o’ylagan savollarimga javob berdi.
Beshinchi kun…. Yana farishtalardek dugonam bilan birgaman. Yana o’sha qizg’in
suhbat, bilmagan mavzularim, qilishim kerak bo’lgan amallar… Ko’p muammolar
yechimini topdim. Yana ko’p narsalarni gaplashdik. Ko’p muammolar yechimini topdi.
SHu kuni oqshom dugonam menga ikkinchi bir kitobni berdi. “Duzjalik Mehmed”…Yana
sizning kitobingiz. Bu kitobning ta’siri va darajasi, umuman, boshqacha edi. Go’yo men,
mening hayotim bor edi u kitobda. Tor fikrli insonlarga, dunoy, oxirat va Allohga isyon
qilgan o’spirin qiz…Natijami? Ayanchli chidab bo’lmas bir holat…Kitobda ko’pgina muhim
mavzular bor. Bu mavzular necha yillardan buyon men yechimini, javobini qidirgan,
lekin topolmagan masalalar…Balki ularning javobsiz qolishi dahriy bo’lishimning
sabablaridan biridir. Xojam, bu kitob uchun sizga behad minnatdorchilik bildiraman,
rahmat aytaman. Diqqatimni tortgan mavzularning tagiga chizib qo’ydim. “Minglab
ne’matlarni in’om etgan Zot bularni tekinga beradimi?” degan bo’lim juda e’tiborli ekan.
“Bizni bu dunyoga yuborgan va bizga tekin ne’matlar in’om etgan Zot, bizni bir maqsad
uchun yartagan. Qachon bo’lsa ham bu ne’matlardan hisob berishimizni so’raydi. Chunki
har bir oldi-berdining sababi va hisobi bor”.
Juda to’g’ri. Har bir narsaning hisobi bor. Bundan qanday ko’z yumish mumkin? Qanday
idrok etmaslik mumkin buni?
“Koinotning bir boshi bor, bir oxiri”, degan mavzu ham diqqatimni tortdi. Chunki necha
yillardan buyon men amal qilgan falsafaga ko’ra, moddiylik azaliydir. Borliqning
boshlanishi yo’q. Nihoyasi ham bo’lmaydi. Buni o’qib ko’p foyda oldim. Dagriylik
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |