54-bob. Quyosh ko’tarilganda aytiladigan zikrlar
209/1. Amr ibn Abasa (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh
ko’tarilganida xalq qilingan narsalarning barchasi Allohga hamd va tasbih aytadi.
Faqatgina shayton va odam bolalarining a’tolari bundoq qilmaydi», dedilar. Men: «Ey
Rasululloh, odam bolalarining a’tolari kim?» deb so’radim. U zot: «Xalqning eng
yomonlari», deb javob berdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
55-bob. Quyosh zavolga ketganidan keyin asrgacha bo’lgan vaqt orasida
aytiladigan zikrlar
210/1. Abdulloh ibn Soibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
quyosh zavolga og’ganidan keyin peshindan oldin to’rt rak’at namoz o’qir va: «Bu bir
soatki, unda osmon eshiklari ochiladi. Men uchun solih amallarim ana shu soatda
ko’tarilishini yaxshi ko’raman», der edilar. Termiziy rivoyatlari
G‘ofir surasining 55-oyatidagi Allohning:
«Vasabbih bihamdi robbika bil ‘ashiyyi val`ibkar» (Quyosh og’ganida va kechqurun
Do'stlaringiz bilan baham: |