www.ziyouz.com kutubxonasi
269
vasallamning «Kishilar orasini isloh etish maqsadida yaxshilikni yetkazgan yoki yaxshilik
aytgan kishi yolg‘onchi emas», deb aytganlarini eshitganlar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Muslimning rivoyatida ziyoda qilinishicha, Ummu Gulsum: «Uch narsadan tashqari
kishilar gapiradigan narsaning birortasida ruxsat berilganini eshitmadim. Urushda,
kishilar orasini isloh qilishda hamda er xotiniga, xotin eriga gapiradigan so‘zida», deb
aytdilar.
Bu hadis o‘zaro manfaatlarda ba’zi yolg‘onlarni ishlatish muboh ekanini ochiq-oydin
ko‘rsatib turibdi. Ulamolar o‘sha muboh bo‘lganlarini anikdab ko‘rsatib berishgan.
Bularning eng anig‘i - Imom Abu Homid G’azzoliyning quyidagi so‘zlaridir: «Kalom
maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Har bir maqtovli maqsadga rostgo‘ylik bilan ham,
yolg‘onchilik bilan ham yetishish mumkin. Bas, yolg‘on ehtiyoj bo‘lmagani uchun unda
haromdir. Agar rostgo‘ylik bilan yetishish imkoni bo‘lmay, yolg‘on bilan yetishish imkoni
bo‘lsa, agar maqsad muboh bo‘ladigan narsa bo‘lsa, bundagi yolg‘on mubohdir. Va agar
maqsad vojib bo‘ladigan narsa bo‘lsa, vojibdir. Agar biror musulmon kishi zolimdan
yashirinib olgan bo‘lsa va u musulmon haqida zolim so‘rasa, uni yashirish uchun yolg‘on
gapirish vojib bo‘ladi. Shu singari o‘zida yoki boshqa kishida omonat bo‘lsa va zolim
o‘sha molni tortib olishni xohlasa uni yashirib yolg‘on gapirishi vojib bo‘ladi. Bordiyu
o‘sha omonat xabar berilsa va u omonatni zolim kuch bilan olib qo‘ysa, xabar beruvchi
omonatga kafil bo‘lishi vojib bo‘ladi. Va agar qasam ichishni talab qilsa, qasam ichib,
o‘sha qasamida yolg‘on ishlatadi. Shu singari agar urushda yoki arazlashganlarning
orasini isloh qilishda yoki qalbini moyil qilib jinoyatdan xalos etishda yolg‘onsiz ro‘yobga
chiqmaydigan bo‘lsa, yolg‘on harom emas. Bularning barchasida «tavriya», ya’ni
lafzining zohiriga yolg‘on bo‘lsa ham, unga nisbatan yolg‘on bo‘lmagan sog‘lom maqsadli
ibora qo‘llash tushuniladi. Agar unday narsani qasd qilmasdan ham bu o‘rinda yolg‘on
ishlatish harom emas».
Yana Abu Homid G’azzoliy: «Shu singari o‘zi yoki boshqa uchun yaxshi maqsadga bog‘liq
narsalarda ham mumkin. Misol, zolim kishi uning mol-mulkini tortib olish maqsadida
so‘raganida, u moli borligini inkor etishi yoki u bilan Allohgina bilishi mumkin bo‘lgan
fahsh ishi haqida sulton so‘raganida, uni inkor qilishi joiz. Ya’ni, zino qilmadim yoki
sharob ichmadim, deb», dedilar.
Had urishlikka iqror bo‘lgan (jinoyatchi)ga iqroridan qaytishni talqin etish haqida
mashhur hadislar bor. Ammo boshqa maqsadda, masalan, birodarining sirini so‘rasa,
bas, uni inkor qiladi. Xullas, yolg‘on bilan rost keltirib chiqaradigan zararlarning orasini
solishtirib chiqadi. Agar rost gapirishda zarar qattiqroq bo‘lsa, yolg‘on gapiraveradi. Agar
uning aksi yoki shak bo‘ladigan bo‘lsa, yolg‘on unga harom bo‘ladi. Agar yolg‘on
gapirishning mubohligi o‘z nafsiga taallukdi bo‘lsa, yolg‘on gapirmasligi mahbub. Bordi-
yu boshqa kishiga taalluqli bo‘lsa, beparvolik joiz emas. Har bir muboh qilingan paytdagi
yolg‘onni tark qilmoq qat’iyatlilikdir. Ammo vojib bo‘ladigan bo‘lsa, unday emas. Bilingki,
albatta yolg‘on - biror narsaning xilofini xabar berishlik. Xoh uni qasd qilsin yoki ogohsiz
qolsin. Lekin ogohsiz qolsa, gunohkor bo‘lmaydi. Albatta qasd qilsa, gunohkor bo‘ladi.
Bunga dalil Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki menga qasddan yolg‘on
gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», degan so‘zlaridir.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |