Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
207
762/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biror qavm majlisdan
turib Allohni zikr qilmasa, xuddi eshakning o‘laksasi kabi turib,
hasratda qoladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
763/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki bir o‘rinda o‘tirsa-yu, Allohni
zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi.
Kimki bir o‘ringa yonboshlasa-yu,
Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham
noqislik yetadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
764/3. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror
qavm bir majlisda o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga
salavot aytmasa, unga ham noqislik yetadi. Agar Alloh xohlasa,
azoblaydi va agar
xohlasa, kechiradi», dedilar. Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: