www.ziyouz.com kutubxonasi
181
Bilingki, har yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish mustahabdir. Ammo kishilar odat qilib
olganidek, subh hamda asr namozlaridan keyin ko‘l berib so‘rashishdek ma’lum bir
vaqtlarni belgilab olish shariatda yo‘q. Lekin ko‘l berib so‘rashishning asli sunnat bo‘lgani
uchun zarar qilmaydi. Ular esa ba’zi holatlarda bardavom bo‘lib, ko‘p holatlarda
kamchilikka yo‘l ko‘yishdi. Ba’zida bo‘lsa ham, qo‘l berib so‘rashish shariatda vorid
bo‘lgan narsadan chiqarib yubormaydi.
Imom Abu Muhammad Abdusalom (r.a.) «Al-Qavo’id» nomli kitoblarida; «Albatta bid’at
besh qism bo‘ladi: vojib, harom, makruh, mustahab, muboh. Subh va asr namozi
so‘nggida ko‘l berib so‘rashmoq muboh bo‘lgan bid’atlar qatoriga kiradi», deganlar.
Imom Navaviyning fikrlaricha, tuk chiqmagan chiroyli yuzli kishi bilan qo‘l berib
so‘rashishdan saqlanmoq lozimdir. Chunki ularga nazar solishning o‘zi harom. Ba’zi
sohiblarimizning fikricha, har bir nazar qilish harom bo‘lgan narsani ushlash ham
haromdir. Balki ushlash undan ham harom. Uylanadigan kishi begona ayolga uylanishini
iroda qilib qarasa, halol. Shu singari oldi-sotdi va olish-berishlarda ham nazar solish
halol. Ammo bularning birortasida ushlashlik joiz emas.
Fasl: Qo‘l berib so‘rashayotganda ochiq yuzli bo‘lish va mag‘firat so‘rab duo qilish
mahbub amallardandir.
668/18. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
menga: «Yaxshiliklardan birortasini past sanama! Agar birodaringga yo‘liqsang, ochiq
yuz ila ko‘rishishing ham yaxshilikdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
669/19. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki musulmon yo‘liqishganda qo‘l berib so‘rashib jilmayishsa va do‘stona hamda
nasihatda bo‘lishsa, o‘rtalaridagi xatolar sochilib ketadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib
so‘rashishsa va Allohga hamd hamda istig‘forda bo‘lishsa, Alloh azza va jalla ularning
gunohlarini mag‘firat qiladi», dedilar.
670/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh
yo‘lida yaxshi ko‘rishgan ikki kishi yo‘liqib, bir-biriga qo‘l berib so‘rashishsa hamda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishsa, ajramaslaridan turib avvalgi-yu
oxirgi gunohlari kechiriladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
671/21. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror
kishining qo‘lini ushlasalar,
«Allohumma atina fid-dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan vaqina azaban-nar», deb
aytmasdan ajralmasdilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Fasl: Har qanaqa kishiga har bir holatda bo‘yin egish joiz emas. Biz bunga misol qilib,
Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan 666-raqamli hadisni yuqorida keltirgandik. Ana shu hadis
hasan bo‘lib, muxoliflik yo‘qdir. Ilm, isloh va boshqa fazilatli xislatlarga mansub
kishilarni unga amal qilishlari sizlarni g‘ururga olib bormasin. Chunki ergashish faqat
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xosdir. (Ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
182
vasallam bo‘yin egma dedilarmi, buyruqlarini bajarmoq lozim.) Alloh taolo Hashr
surasining yettinchi oyatida: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar,
Do'stlaringiz bilan baham: |