Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
177
642/3. Tobe’inlardan Ruba’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinadi: «Menga Bani Omir
qabilasidan bo‘lgan bir kishi gapirib berdi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uydaliklarida oldilariga kirishga izn so‘rab, «Kiraveraymi?» dedi. Shunda
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam xodimlariga: «Buning oldiga chiqib, izn so‘rashni va
«Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyishni o‘rgat», dedilar.
U kishi buni eshitib turgan
edi. Bas, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
unga izn berdilar, u kirdi». Abu Dovud rivoyatlari
643/4. Kalada ibn Hanbaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning huzurlariga borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib, boshidan «Assalomu alaykum, kiraveraymi?»
degin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Mana shu salomni izn so‘rashdan oldin keltirganimiz to‘g‘ridir. Morudiy aytishlaricha, bu
uch ko‘rinishdadir. Birinchisi, yuqoridagi (ya’ni, avval salom, keyin izn). Ikkinchisi, izn
so‘rashni salomdan oldin qilish. Uchinchisi, ixtiyoriy, agar izn so‘rovchining ko‘zi
xonadon
sohibiga kirishdan oldin tushadigan bo‘lsa, salomni avval beradi. Agar ko‘zi tushmasa,
izn so‘rashni oldin qiladi.
Fasl: Agar biror kishidan kirishga salom ila izn so‘ralsa yoki eshikni taqillatilsa va
ichkaridan «Kimsan?» deyilganida, «Falonchi o‘g‘li falon» yoki «Falon faloniy» yo
«Taniqli falonchi» kabi tom ma’noda tanitish lozim bo‘ladi. Ammo «men» yoki «bir bola»
yoki «xodimingiz» yoki «do‘stlaringizdan biriman» kabi so‘zlarni aytish makruhdir.
644/5. Mashhur Isro hodisasida kelgan hadisda keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Men Jabroil (alayhissalom) bilan dunyo osmoniga ko‘tarilganimda,
uning ochilishini talab qildilar. «Bu kim?» deyilganida, «Jabroil», dedilar. «Sen
bilan
birga kim?» deyilganida, «Muhammad» (alayhissalom), dedilar. So‘ngra ikkinchi va
uchinchi va qolganlariga ko‘tarilganlarida, har bir osmonda «Bu kim?» deyildi, «Jabroil»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
645/6. Abu Musoning (r.a.) hadislarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam «Bi’ru bo‘ston», degan joyda o‘tirganlarida, Abu Bakr (r.a.) kelib izn so‘radilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim?» dedilar. «Abu Bakrman» dedilar.
So‘ngra Umar (r.a.) kelib izn so‘radilar. Rasululloh «Kim?» dedilar. «Umarman», dedilar.
So‘ngra Usmon (r.a.) ham shu singari qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
646/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga
borib, eshiklarini taqillatdim. U zot: «Kim bu?» dedilar. «Men», deb aytdim. Shunda u
zot «men», «men», deb go‘yoki karih ko‘rgandek aytdilar».
Fasl: Agar xitob qilingan kishi undan boshqasini bilmaydigan narsa bilan o‘zini sifatlasa,
zarari yo‘qdir. Masalan, o‘zini viqor suratida «men falon muftiy» yoki «qozi» yo «falon
shayx» va shunga o‘xshash narsalar bilan.
647/8. Ummu Hone’ Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima esa to‘sib turgan
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
178
ekan. Shunda u zot: «Bu kim?» dedilar. Men: «Ummu Hone’man», dedim». Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
648/9. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Kechalarning birida ko‘chaga chiqsam,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yakka o‘zlari ketayotgan ekanlar. Men ham oyning
soyasida ketayotsam, men tomonga burildilar-da va meni ko‘rib qoldilar. «Kim bu?»
dedilar. «Abu Zarrman», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
649/10. Abu Qatoda al-Horis ibn Rib’iydan (r.a.) rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning mo‘‘jizalarini hamda ilmlarning barchasini o‘z
ichiga oluvchi
idishdagi suv haqidagi hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
boshlarini ko‘tarib, «Kim bu?» dedilar. Men: «Abu Qatodaman», dedim. Imom Muslim
rivoyatlari.
Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Buning sababi unga bo‘lgan ehtiyoj va faxrlanishni iroda
etmaslikdir. Mana shu ma’noga yaqin bo‘lgan hadislar ham bor. Ulardan:
650/11. Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Rasululloh, Allohga duo qiling,
Abu Hurayraning onasini hidoyat qilsin», dedim. (Hadisni davom ettirib)
u zotning
huzurlariga qaytib, «Ey Allohning rasuli, Alloh duoingizni ijobat qilib, Abu Hurayraning
onasini hidoyat qildi», dedim». Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: