www.ziyouz.com kutubxonasi
137
meni yetkaz, gunohlarimni kechir, toat ahlingga bergan narsangni menga ham ber.
Albatta, Sen har narsaga qodir zotsan.)
Minodan Arofatga ketayotganda, ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ilayka tavajjahtu va vajhakal kariyma arodtu faj’al zanbiy mag’furon va
hajjiy mabruron varhamniy va la tuxayyibniy innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi:
Ey Allohim, Senga yuzlandim, mukarram yuzingni iroda qildim. Gunohlarimni mag’firat,
hajimni qabul qil. Menga rahm ayla, noumid qilma, albatta, Sen har narsaga qodir
zotsan.)
Bu duodan tashqari talbiya, Qur’on tilovati va boshqa duo-zikrlar bilan ham mashg’ul
bo’ladi. Shuningdek:
«Allohumma atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»ni
aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |