www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Har gal Hajarul asvadga yetganida ana shu duoni o’qiydi. Avvalgi uch aylanishda
«Allohummaj’alhu hajjan mabruron va zanban mag’furon va sa’yan mashkuron», deydi.
(Ma’nosi: Allohim, hajni qabul bo’ladigan, gunohni kechiriladigan va harakatni
maqtaladigan qil.) Qolgan to’rt aylanishda:
«Allohummag’fir varham va’fu ‘amma ta’lam va antal a’azzul akrom. Allohumma
robbana atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deb
aytadi. (Ma’nosi: Allohim, mag’firat qil, rahm ayla, bilgan narsalaringni afv et. Sen aziz
va karamli zotsan. Ey Rabbim, dunyoyu oxiratda bizga yaxshilik ber va bizni do’zax
azobidan saqla.)
Imom Shofe’iy (r.a.): «Tavofda aytiladigan narsalarni eng yaxshisi «Allohumma robbana
atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deganlar.
Kishi tavofdan keyin dini va dunyosida yaxshi ko’rgan narsalarini so’raydi. Agar bir kishi
duo qilib, qolganlar omiyn deb tursa ham, bo’ladi.
Hasandan (r.a.) rivoyat qilinishicha, duolar quyidagi o’n besh o’rinda ijobat etiladi:
tavofda, multazamda, mezob ostida, Baytullohda, Zamzam qudug’i oldida, Safo va
Marva ustida, ular orasidagi sa’y qilinadigan yerda, maqomi Ibrohim orqasida, Arafotda,
Muzdalifada, Minoda va uchta tosh otiladigan yerda. Kim mana shu o’rinlarda duo
qilishga jiddu jahd etmasa, ko’p narsadan mahrum bo’libdi.
Ibn Umar (r.a.) tavofda: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku val
lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb aytardilar.
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
Ka’batullohni yetti marta tavof qilib, gapirmasdan, faqat: «Subhanallohi valhamdu lillahi
va la ilaha illalohu vallohu akbar va la havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘aziym», deb
aytsa, u kishining o’nta yomonligi o’chirilib, o’nta hasanot yoziladi va darajasi o’n
barobar ko’tariladi», dedilar.
Tavofni tugatgach, undan keyin o’qiladigan ikki rak’atni ham ado etgach, istaganicha
duo qiladi, so’ng quyidagi duoni ham o’qiydi:
«Allohumma ana ‘abduka vabnu ‘abdika ataytuka bizunubin kasiron va a’malin sayyiah
va haza maqomul ‘aizi bika minan nari fag’firliy innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi:
Ey Allohim, men Sening qulingman va qulingning o’g’liman, huzuringga ko’p gunohlar va
yomon amallar ila keldim. Bu yer do’zaxdan panoh tilanadigan maqomdir. Mening
gunohlarimni kechir, Sen gunohlarni kechiruvchi rahmli zotsan.)
Fasl. Multazam, ya’ni Ka’ba bilan Hajarul asvad orasida qilinadigan ma’sur duo:
«Allohumma lakal hamdu hamdan yuvafiy ni’amaka va yukafiu maziydaka, ahmaduka
bijami’i mahamidika ma ‘alimtu minha va ma lam a’lam ‘ala jami’i ni’amika ma ‘alimtu
minha va ma lam a’lam va ‘ala kulli hal. Allohumma solli va sallim ‘ala Muhammadin va
‘ala ali Muhammad. Allohumma a’izniy minash shaytonir rojiym va a’izniy min kulli suin
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |