114-bob. Do’stining o’limi xabari yetganida aytiladigan zikrlar
389/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’lim
qo’rqinchdir. Sizlarning biringizga birodarining o’limi xabari yetsa:
«Inna lillahi va inna ilayhi roji’un va inna ila robbina lamunqolibun, Allohummaktubhu
‘indaka fil muhsiniyna vaj’al kitabahu fiy ‘illiyyin vaxlufhu fiy ahlihi fil g’obiriyn va la
tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dah», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Biz Allohnikimiz
va Unga qaytuvchimiz. Va, albatta, biz Rabbimizga qaytajakmiz. Ey Rabbim, O’zingning
huzuringda uni yaxshilardan deb yoz. Va uning kitobini Illiyyinda (ettinchi osmonda
nomai a’mollar bitilgan makonda) qil. Orqasida qolganlarga O’zing uning o’rnini bos.
Uning ajrini bizlardan mahrum qilma. Undan keyin bizlarni fitnaga solma.) Ibn Sunniy
rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |