115-bob. Islomga dushman bo’lgan odamning o’limi xabari yetganida
aytiladigan zikr
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
109
390/1. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlariga borib: «Ey Rasululloh, Alloh taolo Abu Jahlni qatl etdi», dedim, u zot:
«Alhamdu lillahillaziy nasoro ‘abdahu va a’azza diynahu», deb aytdilar. (Ma’nosi: Quliga
nusrat berib, dinini aziz qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
116-bob. Mayyitga yig’lash va johiliyat da’volari bilan dod-voylash haromligi
haqida
391/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim yuziga urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan voy-dod qilsa,
bizdan emas», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
392/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig’i
bilan ovozini baland qiluvchidan, musibat chog’ida sochini qirib tashlovchidan va
kiyimlarini yirtuvchidan yiroqdirlar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
393/3. Ummu Atiyya (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
mayyitga ovoz chiqarib yig’lamaslikka bizdan bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Imom
Muslim rivoyatlari
394/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Insonlarda ikki xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: Nasabini haqorat
qilish va mayyitga baland ovoz bilan yig’lash», dedilar. Muslim rivoyatlari
395/5. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
o’likka baland ovoz bilan yig’lovchini va o’g’rincha quloq tutib, eshituvchini la’natladilar».
Abu Dovud rivoyatlari
La’natlangan yig’i ovozni baland qo’yib, mayyitning yaxshiliklarini zikr qilib yig’lashdir.
Ammo baqirmay, voy-dod qilmay yig’lash harom emas.
396/6. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn
Ubodani ko’rgani kirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab turib, yig’lab
yubordilar. Rasululloh yig’laganlarini ko’rib, qavmdagilar ham yig’lashdi. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eshitmadinglarmi, Alloh ko’z yoshiga va qalbning
xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini
ko’rsatib». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
397/7. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qizlarining o’g’li vafot etgani xabari kelganida, ko’zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey
Rasululloh, bu nimasi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu Alloh
bandalarining qalbiga qilgan rahmatdir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
398/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’g’illari
Ibrohim vafot etganida, ko’zlaridan ko’p yosh oqdi. Abdurahmon ibn Avf: «Siz shundoq
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
110
qilyapsizmi, ey Rasululloh?» degan edilar, u zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir, -- dedilar.
Keyin qo’shib qo’ydilar: -- Ko’z yosh oqizadi. Qalb xafa bo’ladi. Biz esa, Rabbimiz rozi
bo’lgan narsani aytamiz. Albatta, biz, ey Ibrohim, sendan ajrab qolganimizga xafamiz».
Imom Buxoriy rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |