107-bob. Kasalning ishtahasini keltiradigan narsa to’g’risida
373/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasal kishini
ko’rgani kirib: «Ko’ngling biror narsa tusayaptimi? Biron narsa yeyishni xohlaysanmi?»
deb so’radilar. U kishi: «Ha», deb javob berdi. Rasululloh (s.a.v) so’ngra bir yegulik
keltirishni buyurdilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
374/2. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom:
«Bemorlaringizga ovqat va ichimlikni majburlamanglar. Chunki Allohning o’zi ularni
yedirib-ichirib turadi», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |