103-bob. Zarar yetganida o’limni orzu qilishning karohiyati, faqat diniga fitna
bo’lishidan qo’rqsagina, uni orzu qilish joizligi
367/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan
birortangizga zarar yetsa, o’limni orzu qilmasin. Agar iloji bo’lmasa:
«Allohumma ahyiniy ma kanatil hayatu xoyron liy va tavaffaniy iza kanatil vafatu xoyron
liy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, agar mening hayotda yashashim yaxshi
bo’lsa, meni tirik qoldir. Agar vafotim yaxshi bo’lsa, meni vafot ettir.) Buxoriy va Muslim
rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |