KASALLIK VA O’LIM HAMDA U IKKISIGA TAALLUQLI ZIKRLAR KITOBI
97-bob. O’limni eslashni ko’paytirishning mustahabligi
344/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Lazzatlarni
ketkazuvchi (o’limni) ko’p zikr qilinglar», dedilar. Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
98-bob. Kasalning ahvolini uning ahli va qarindoshlaridan so’rash hamda
so’ralgan kishining javobi to’g’risida
345/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim
to’shagida yotgan edilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) u zotning huzurlaridan chiqqanlarida,
odamlar: «Ey Abul Hasan, Rasulullohning ahvollari qanday?» deb so’rashdi. Shunda Ali
(r.a.): «Alhamdu lillah, shifo topgan holda tong ottirdilar», dedilar». Imom Buxoriy
rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |