www.ziyouz.com kutubxonasi
101
shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo
birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Boshqa rivoyatda: «Ey insonlar Rabbi, kasallikni ketkaz. Shifo Seni qo’lingda, sendan
boshqa uni ochuvchi yo’q», deyilgan.
349/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Sobitga (r.a.): «Rasululloh dam solib
o’qiydiganlari bilan dam solaymi?» deb quyidagilarni aytdilar: «Allohumma robban nas,
muzhibal ba`si ishfi anta shafiy, la shafiya illa anta shifa`a la yug’odiru saqoma».
(Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo
beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo birorta ham
kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari
350/5. Usmon ibn Abul Osiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zotga kasallik yetganidan
Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga:
«Og’riyotgan yeringga qo’lingni qo’y, «Bismilloh»ni uch marta aytib:
«A’uzu bi’izzatillahi va qudrotihi min sharri ma ajidu va uhaziru», deb yetti marta o’qi»,
dedilar. (Ma’nosi: Allohning izzati va qudrati ila o’zimda topadigan va hazar qiladigan
narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari
351/6. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam kasalligimda meni ko’rgani kirib:
«Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan» (Sa’dga
shifo ber), deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari
352/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
kasal ko’rgani borganida, agar ajali yetmagan bo’lsa, uning huzurida yetti marta:
«As`alullohal ‘aziym robbal ‘arshil ‘aziym an yashfiyaka», desa, Alloh taolo uni kasalidan
xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Ulug’ Allohdan, buyuk arsh Rabbidan senga shifo
berishini so’rayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
353/8. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar bir kishi bemorning ziyoratiga kelsa:
«Allohumma ishfi ‘abdaka yankau laka ‘aduvvan av yamshiy laka ila solatin», deb
aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening dushmaningga zarba beruvchi yoki Sen
uchun namozga yuruvchi kishiga shifo ber.) Abu Dovud rivoyatlari
354/9. Ali (r.a.) aytadilar: «Men kasalimdan shikoyat qilib: «Ey Rabbim, agar ajalim
yaqinlashgan bo’lsa, meni rohatlantir, agar ajalimni kechiktirgan bo’lsang, mendan
kasallikni ko’tar. Agar balo keltirgan bo’lsang, menga sabr ber», deb aytayotganimda,
nogahon oldimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’tib qoldilar. Va: «Nima
deding?» deb so’radilar. Men aytganlarimni takrorladim. U zot oyoqlari bilan meni turtib:
«Yo’q,
«Allohumma ‘afihi» yoki «Allohumma ishfihi» (Ey Rabbim, ofiyatda qil yoki shifo ber),
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |