120-bob. Mayyitning janozasida o’qiladigan zikrlar
Mayyitga janoza namozini o’qish farzi kifoyadir. Shu singari, uni yuvish, kafanlash, dafn
qilish ham farzi kifoyadir. Bunga hamma bir ovozdan ittifoq qilishgan.
Janoza namozi quyidagicha o’qiladi: Avval «Allohu akbar» deb, ya’ni, takbiri tahrimani
aytib quloq qoqadi. So’ng Sano – «Subhanakallohumma va bihamdika va
tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g’oyruk» duosi o’qiladi. So’ngra yana takbir
aytadi, ammo qo’lini ko’tarmaydi. Keyin Rasulullohga biror salovotni aytadi. So’ng
«Allohu akbar», deb janoza duosini o’qiydi. Janoza duosi:
«Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va
kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam
va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la
taftinna ba’dahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim tirigu o’ligimizni, hoziru g’oyibimizni, kichigu
kattamizni, erkagu ayolimizni mag’firat qil. Ey Rabbim, kimimizni hayotda qoldiradigan
bo’lsang, uni Islomda qil, kimimizni o’ldiradigan bo’lsang, uni iymon bilan vafot ettir.
Bizni uning ajridan mahrum qilma. Undan keyin bizni fitnaga solma.) Agar mayyit yosh
bola bo’lsa, quyidagi duoni o’qiydi:
«Allohummaj’alhu lahuma farotan vaj’alhu lahuma salafan vaj’alhu lahumo zuhron va
saqqil bihi mavaziynahuma va afrig’is sobro ‘ala qulubihima va la taftinnahuma ba’dahu
va la tahrimhuma ajrah», so’ng yana «Allohu akbar» deydi va ikki tomonga salom berib,
namozni tugatadi. (Ma’nosi: Allohim, bu go’dakni ota-onalari uchun ajr, fazl va zahira
qil. U sababli ota-onasining tarozilarini og’ir qil, qalblariga sabr yog’dir. Undan so’ng
ularni fitnaga solma, ularni uning ajridan mahrum qilma.)
410/1. Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza
namozida Qur’ondan biror narsa o’qishni tayinlamaganlar.
411/2. Avf ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza
namozi o’qiganlaridagi duolarini yodlab oldim, unda:
«Allohummag’fir lahu varhamhu va a’fihu va’fu anhu va akrim nuzulahu va vassi’
mudxolahu vag’silhu bil mai vas salji val barodi va naqqihi minal xotoya kama
naqqoytas savbal abyazo minad danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan
xoyron min ahlihi va zavjan xoyron min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil
qobri va min ‘azabin nar», deb aytganlar, o’shanda, hatto men o’sha mayyitning o’rnida
bo’lishni orzu qilib qoldim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni mag’firat qil, unga rahm et. Uni
ofiyatda qil va avf et. Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv,
qor, do’l bilan yuv. Oq kiyim kirdan toza bo’lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga
hovlisidan yaxshiroq hovli, ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni
jannatga kirgiz, qabr va do’zax azobidan saqla.) Imom Muslim rivoyatlari
412/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
janoza namozida:
«Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va
kabiriyna va zakarina va unsana, Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |