121-bob. Tobut ko’taruvchilar nima qiladi?
Tobut qabristonga olib ketilayotgan paytda Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lish,
shuningdek, mayyitning oqibati, qaerga ketayotgani haqida fikr yuritish, foydasiz
so’zlardan tiyilish lozim. Chunki bu vaqt g’ofillik, befoyda so’zlar so’ylash mavridi emas.
Aslida-ku, foydasiz so’zlar hech bir joyda gapirilmasligi kerak. Xususan, janoza mahali
umuman mumkin emas. Bunda eng to’g’ri ish, salaf olimlari ta’kidlaganlaridek, sukut
saqlash, zikr, qiroat va duolarni ovozni balandlatmasdan aytishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |