Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/464
Sana26.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#186030
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
117-bob. Ta’ziya haqida 
 
399/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim 
musibat yetgan kishiga ta’ziya bildirsa, uning savobidek ajrga ega bo’ladi», dedilar. 
Termiziy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 
 
400/2. Abu Barza Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kim farzandidan ayrilgan ayolga ta’ziya bildirsa, unga jannatda kiyim 
kiygiziladi», dedilar. Termiziy rivoyat qilib, isnodi kuchli emas, deb aytganlar. 
 
401/3. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam Fotimaga (r.a.): «Ey Fotima, uyingdan nima sabab bilan chiqding?» deb 
so’radilar. Fotima (r.a.): «Mana bu mayyitga rahm qilib, ta’ziya bildirish uchun chiqdim», 
dedilar. Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 
 
402/4. Amr ibn Hazmdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qaysi bir 
mo’min birodarining musibatiga ta’ziya bildirsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni karomat 
kiyimini kiygizadi», dedilar. Ibn Moja va Bayhaqiy rivoyatlari 
 
Ta’ziya sabrga chaqirish, mayyit egalariga tasalli beradigan narsalarni zikr qilish va 
xafalik, musibatlarini yengillatish, deganidir. Bunga Alloh taoloning: «Yaxshilik va 
taqvoda bir-biringizga yordam beringlar», degan so’zi va Rasulullohning: «Alloh 
birodarining yordamida bo’lgan bandaning yordamidadir», degan hadislari chiroyli misol 
bo’ladi. 
 
403/5. Usoma ibn Zayd (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning qizlaridan biri otasiga bir odam yuborib, nevaralari o’lim bo’sag’asida 
yotganini aytdi. Rasululloh kelgan kishiga: «Borib qizimga ayt, Alloh berganini 
oluvchidir. Har bir narsaning ajali Uning huzurida belgilab qo’yilgandir. Qizimga savob 
uchun sabr qilishni buyur», deb aytdilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
Mana shu hadisi sharif din usullari, furu’lari, odoblarini o’z ichiga olgan eng katta 
qoidalaridandir. U musibatlarga, g’am va kasalliklarga hamda boshqa qiyinchiliklarga 
sabr qilishni o’rgatadi.  
 
404/6. Muoviya ibn Qurra ibn Iyos otalaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam ko’rinmay qolgan bir sahobasini so’radilar. «Ey Rasululloh, haligi siz 
taniydigan bolasi vafot etdi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’sha 
sahobaning oldiga borib, o’g’lini so’ragan edilar, u kishi o’g’lining vafot etganini aytdi. 
Rasululloh u kishiga ta’ziya bildirdilar, so’ngra: «Ey falonchi, senga o’g’lingni hayotda 
bo’lishi yaxshimi yoki ertaga jannat eshigi tagiga sendan oldin borib, senga eshikni ochib 
kutib olganimi?» dedilar. Haligi sahoba: «Ey Allohning payg’ambari, mendan oldin borib, 
eshikni ochib kutib olgani yaxshi», deb javob qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
«Undoq bo’lsa, keyingisi senga», dedilar. Nasoiy rivoyatlari 
 
Imom Shofe’iy ta’ziya haqida: «Men senga ta’ziya bildiraman, ammo o’zim ham abadiy 
qolishga ishonmayman, buni din buyurgani uchun bajaraman. Ta’ziya aytilgan kishi ham 
mayyitligida boqiy qoluvchi emas. Ta’ziya aytuvchi ham uzoq muddat yashovchi emas», 
degan ma’noda bayt aytganlar. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish