www.ziyouz.com kutubxonasi
80
bo’lganidan yaxshiroq. Shom namozi bilan xufton orasida bo’lgan tilovat ham
mahbubdir. Ammo kunduzgi tilovatlarning eng yaxshisi bomdod namozidan keyingisidir.
Biror vaqt ham Qur’on tilovat qilishning karohiyati yo’q. Hatto namoz o’qish man’
qilingan paytlarda ham tilovat qilinaveradi. Ibn Abu Dovud (r.a.) Muoz ibn Rufoadan
hikoya qilib: «Ular asrdan keyin tilovatni karih ko’rar edilar», deb keltirgan so’zlari esa,
nomaqbul va asossiz gapdir.
Tilovat uchun ixtiyor qilingan kunlar juma, dushanba, payshanba va arafa kunlaridir. O’n
kunliklarda esa zul hijja oyining avvalgi o’n kuni va ramazon oyining oxirgi o’n kunidir.
Oylar ichida esa, ramazondagisi afzalroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |