111-bob. Yaxshilik qilganni duo qilish haqida
217. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Muhojirlar: "Yo RasulAlloh! Ansorlar o’z
mukofotlarining barini olib ketdilar", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) bu gapga: "Xayr! Ularni
duo qilganingiz qadar va Madinada sizlarni quchoq ochganliklari uchun ularni
maqtaganingiz uchun ham sizlarga mukofot bor", deb javob berdilar.
112-bob. Odamlarga tashakkur aytmagan Allohga tashakkur aytmas
218. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Odamlarning qilgan yaxshiligi uchun tashakkur aytmaydigan kishi Alloh taologa ham
tashakkur aytmaydi", dedilar".
219. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh
taolo nafasga chiq dedi, nafas men chiqishni istamasam ham majburan chiqaman, dedi",
deganlar".
Do'stlaringiz bilan baham: |