342-bob. Sen kutmagan xabarlarning kelishi
815. Ikrimadan rivoyat qilindi. U kishi dedilar: "Men Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh
(s.a.v.)ning biror bir she'r aytganlarini eshitganmisiz?" - deb so'radim. Oyisha (r.a.):
"Ba'zan uyga kirayotganlarida: "Sen kutmagan xabar keladi..." degan misrani o'qir
edilar", deb javob berdilar".
816-hadisning mazmuni 815-hadisda bor.
343-bob. Orzu-tilakning makruh jihatlari haqida
817. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz biror
narsani orzu qilsa, nima tilayotganiga qarasin, zero u o'ziga nima berilishini bilmaydi",
dedilar.Bu hadis odob va mantiqqa taalluqli: bavda Allohga duo qila-yotgaida xokisorlik
va ovozini baland qilmasdavn maxfiy so'rashi kerak, aynan vimani so'rayotganyush
bilipsh, anglapsh lozim.
Masalan, birovni qarg'ab, unga o'lim tilab, shu jumladan o'ziga ham o'lim tvlashi makruh
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |