Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/443
Sana06.03.2021
Hajmi0,69 Mb.
#61004
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   443
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad (1)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
494. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Zulmdan saqlaning, zero 
zulm qilgan kishi qiyomat kuni zulmat ichida bo'lg'usidir. Yomon so'z va ishdan 
saqlaning, zero Alloh yomon muomalalik va yomon ish qilganlarni sevmaydi. Baxillik va 
hirsdan saqlaning, binobarin, bu narsa sizdan ilgari o'tganlarni ham qarindoshlik 
rishtalarini uzishga va haromni halol deb qabul qilishga rag'batlantirgan"", dedilar". 
 
Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan 495-hadis 494-hadisning takrori. 
 
496. Abu Duho (r.a.) aytdilar: "Masruq bilan Shutayr ibn Shakl Abdi (r.a.)lar masjidda 
birga bo'lib qolishdi. U yerda halqa-halqa bo'lib o'tirgan kishilar bu ikki olim atrofiga 
to'planishdi. Shunda Masruq Shutayrga qarab: "Bu odamlar bizdan yaxshi gap eshit-
moquchun to'planishgan bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Endi siz Abdulloh ibn Mas'uddan 
hadis rivoyat qilasiz, men esa qilgan rivoyatingizning to'g'riligini tasdiqlayman yoki men 
rivoyat qilaman, siz uni tasdiqlaysiz", dedilar. Shutayr: "Mayli, siz rivoyat qiling', men 
unga guvoh bo'laman!" - dedilar. Shundan keyin Masruq: Abdulloh ibn Ma'sud: "Ikki 
ko'z, ikki qo'l va ikki oyoqlarning zinosi bo'ladi. Bularning zinosini egalarining farji 
(avrati) amalga oshirib, haqiqatga chiqaradi yoki rad qilib, yolg'onchiga chiqaradi", 
degan so'zlarini eshitganmisiz? - dedilar. Shutayr: "Ha, bu so'zlarini men ham 
eshitganman", dedilar. Masruq yana: "Abdullohning Kur'oni karimdagi: "Kimki Allohga 
taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur" (65:2), degan oyatidan 
ko'ra tezroq najot topishga undaydigan oyat yo'q, degan so'zlarini siz eshitganmisiz?", 
deganda, Shutayr, "Ha, men ham Abdullohning shu so'zlarini eshitganman", dedilar. 
Masruq yana: "Abdullohning Qur'ondagi: "Ey o'ziga isrof-zulm qilgan bandalarim! Alloh 
taoloning rahmatidan noumid bo'lmanglar" (39:53-oyat), deyilgan oyatdan ko'ra Allohga 
tavakkul qilishga ko'proq undovchi oyat yo'q, deganlarini eshitgan bo'lsangiz kerak", 
dedilar. Shutayr: "Ha, eshitganman", dedilar". 
 
497. Abu Zarr G'iforiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qiddilar: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Alloh taolo: "Ey, bandalarim! Men zulm qilmoqni o'zimga harom qilganman va shu zulm 
qilmoqni sizlarga ham harom qildim. Binobarin, sizlar bir-birlaringizga zulm qilmangizlar. 
Ey, bandalarim, sizlar kechayu-kunduz gunoh bo'ladigan yshlarni qilasiz. Men hech 
parvo qilmay, gunoxlarni kechiraveraman. Shuning uchun uni kechirmoqni faqat 
o'zimdangina so'rang. Ey, bandalarim, men taom bermasam hammalaringiz och qolasiz
taomni mendan so'rang! Men beraman. Men kiyim-bosh bermasam hammalaringiz 
yalang'och qolasiz, kiyimboshni mendan so'rang, ularni sizga men o'zimgina beraman. 
Ey, bandalarim! Sizlarning avvaliyu oxiringiz va insu jinlaringiz hammasi zo'r taqvodor 
bo'lganda ham mening molikligimga hech narsa orttirmaydi yoki hammalaringiz o'ta 
ketgan fojir bo'lganda ham mening mulkimdan hech narsa kamaytirmaydi. Agar hamma 
maxluqotim bir yerda jam bo'lib, har qaysisi o'z maqsadini so'rasa va hammasiga 
so'raganini bersam ham, mul-kimdan dengiz ichiga tashlangan ingichka ip shimgan suvi 
miqdoricha ham kamaymaydi. Ey, bandalarim! Qilgan amallaringizni o'zlaringiz uchun 
saqlab qo'yaman. Kim amallarida yaxshilikni uchratsa, Alloh taologa hamdu sano aytsin. 
Yaxshilik-ni emas, yomonlikni uchratsa, u vaqtda faqat o'zinigina malomat qilsin", deb 
aytgan dedilar". Roviylardan Abu Idris Xavloniy (r.a.) bu hadisni rivoyat kdlgan 
vaqtlarida Allohning hurmati uchun tiz cho'kib o'tirardilar. 
 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish