119-bob. Ekinzorga chiqish haqida
237. Abu Salama (r.a.) aytdilar: "Men qadrdon do’stim Abu Said Qudriy oldilariga borib:
"Bizlar bilan xurmozorga chiqib kelmaysizmi?" - dedim. Abu Said: "Xo’p" deb junli qora
kiyimlarini ustilariga tashlab xurmozorga chiqdilar", dedilar.
236. Ummu Muso Hz. Alidan rivoyat qildi: "Rasululloh (s.a.v.) bir daraxtga chiqib, undan
bir meva keltirishni Abdulloh ibn Mas'udga buyurdilar. Abdulloh daraxtga chiqqan
vaqtida boldirining ingichkaligidan ba'zilar kulishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Nima
uchun kulayotibsizlar? Abdullohning oyoqi qiyomat tarozusida Uxud toqidan ham og’irroq
bo’ladi", dedilar".
Bu o’rinda gap oyoq haqida emas. Abdulloh o’z zamonasining peshqadam muhaddis va
faqih olimi sifatida mashhur edi. Janobi Payhambar (s.a.v.) shunga ishora qilganlar
shekilli.
Do'stlaringiz bilan baham: |