105-bob. Alloh va xo’jasining haqini o’tagan qul
208. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar:
"Musulmon bir qul Allohning va xojasining haqini halol o’tagan qulga ikki karra mukofot
bordir".
106-bob. Qulni nima deb chaqirish kerak?
209. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech
biringiz qulim va cho’rim deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va hamma
ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa
durustdir", dedilar".
Do'stlaringiz bilan baham: |