634-bob. Ortiqcha so'zlash haqida
1344. Abu Hurayra dedilar: "Ortiqcha gapda yaxshilik yo'q".
1345. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatimning yomonlari
bekorchi, nojo'ya gaplarni tinmay javraganidir, ummatimning yaxshila-ri esa eng go'zal
xulklilaridir", dedilar".
635-bob. Ikkiyuzlamachilik haqida
1346. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning yomonlaridan biri
ikkiyuzala-machidir, bularga bir yuzi bilan borsa, ularga boshqa yuzi bilan keladi",
dedilar".
Do'stlaringiz bilan baham: |