372-bob. Hazn ismi haqida
864. Sa'id ibn Musayyib otasidan, u bobosidan rivoyat qildi: (Sa'idning bobosi Hazn)
Payg'ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganida undan: "Isming nima?" ~ deb so'radilar.
"Hazn", dedi. Ul zot: "Endi isming Saxl bo'lsin", dedilar. U: "Men otam qo'ygan ismni
o'zgartirmayman", dedi. (Ibn Musayyib aytadi: hali hamon uyimizdan g'am-anduh
arimaydi).
"Hazn"ning ma'nosi "g'am-anduh", shuning uchun Rasululloh uni o'zgartirishni
aytganlarini hamda so'zlari qabul bo'lmay, yerda qolishining oqibati qanday bo'lishini
anglatilmoqchi.
865-hadis mazmuni 864-hadisda aynan takrorlangan.
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
136
Do'stlaringiz bilan baham: |