193. Salomlashish haqida
419. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki mo'minning uch
kecha-yu uch kunduz gaplashmay yurishi halol emas. Uch kun o'tgach, biri ikkinchisini
uchratib salom bersin, agar salomiga alik olinsa, ikkisi ham ajr topadilar, mobodo
salomiga alik olinmasa, salom bergan kishi ba'zi gunohlari-dan forig' bo'ladi"; deb
marhamat qildilar.
194-bob. Bolalarni ajratish haqida
420. Abdullohibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: Otam hz. Umar (r.a.) o'g'illariga: "Erta
bilan turganingizda bir-biringizdan ajrashinglar, hammangiz bir hovlida jam bo'lmang,
chunki bir hovlida jam bo'lsangiz uzilishib qolishlaringizdan yoki boshqa bir yomonlik
paydo bo'lishidan qo'rqaman, derdilar", deb hikoya qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |