Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè


  11.5. 1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari regulyativ



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

 


150 
11.5. 1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari regulyativ 
kapitalining yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talablarni bosqichma-
bosqich oshirib borish talabi
30
 
 
11.5.1-rasmda keltirilgan maʻlumotlardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston 
Respublikasi tijorat banklarini regulyativ kapitaliga va birinchi darajali kapitaliga 
nisbatan belgilangan minimal talablar 2015-yilni 1-yanvaridan boshlab 2019-yilni 
1-yanvariga qadar boʻlgan davrda bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Ushbu 
jarayonda, ayniqsa, birinchi darajali kapitalni yetarliligiga nisbatan belgilangan 
minimal talab sezilarli darajada oshiriladi. 
Qisqacha xulosalar 
Bank tizimini barqarorligini, toʻlovga qobilligi va ishonchliligini taʻminlashda, 
bank aktivlarini oʻstirishda bank kapitali muhim vosita boʻlib hisoblanadi. Faqatgina
yetarlicha miqdorda barqaror kapitalga ega tijorat banklari aktiv operatsiyalarini
erkin amalga oshirishlari, talab etilgan darajada likvidlilikni doimo saqlagan holda 
samarali faoliyat yuritishlari hamda moliya bozorlariga erkin chiqish imkoniyatiga 
ega boʻlishadi. 
Xalqaro Bazel qoʻmitasi tomonidan bank kapitali yetarligigiga doir kelishuv 
(Bazel I) ishlab chiqildi va unda kapital yetarliligini hisoblash maqsadida regulyativ 
kapital (umumiy kapital) tushunchasi amaliyotga joriy qilindi. Regulyativ kapital asosiy 
va qoʻshimcha kapitaldan tashkil topib, bank faoliyatini boshqarish va iqtisodiy
me’yorlar hisob-kitobini oʻtkazish maqsadida hisoblash yoʻli bilan aniqlanadigan bank 
kapitalidir. 
Regulyativ kapitalni yetarlilik koeffitsiyenti tijorat banklarini toʻlovga qobilligini 
tavsiflovchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi.
Bazel-I, Bazel-II va Bazel-III standartlarini asl mohiyati ham risk va kapital 
oʻrtasidagi bogʻliqlikda namoyon boʻladi. Bazel-III kelishuvini bosh maqsadi –bank
ishida risk boshqaruvi sifatini oshirish hisoblanadi. 
30
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2015 йил 13 июндаги 14/3-сонли (Ўзбекистон 
Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2015 йил 6 июлда 2693-рақам билан рўйхатдан ўтказилган) 
“Тижорат банклари капиталининг монандлигига қўйиладиган талаблар тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш 
ҳақида”ги қарори//Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2015. - №27.- 27-б.


151 
Bazel-III ga koʻra, banklar regulyativ kapitali koʻrsatkichi birinchi darajali
bank kapitali, konservasion bufer kapitali, kontrsiklik bufer kapitali hamda tizim 
uchun muhim banklar kapitaliga qoʻshimcha talablar yigʻindisidan iborat boʻladi. 
Tijorat banklari faoliyati samaradorligi va toʻlov qobiliyati mustahkamligini 
taʻminlashda ularning kapitali barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish