Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

tashqi omillari
quyidagilardan iborat

I. 
Xalqaro va mahalliy fond bozorlarida qimmatli qogʻozlar bahosi 
indekslarining oʻzgarishi
. Tijorat banklari kapitali ustav fondi asosan ular 
tomonidan chiqarilgan aksiyalar hisobidan shakllantiriladi. Bank aksiyalari oddiy 
29
Халқаро эксперт ва мутахассисларнинг фикрига кўра, левереж жалб қилинган молиявий ресурслар 
ҳажмини ўз капиталига нисбати сифатида қаралади. Номолиявий корхоналарда леверж 1:1 ва 3:1 паст 
даражадаги нисбатда бўлиб, бу уларнинг молиявий жиҳатдан барқарорлигини англатади. Банкларда ушбу 
кўрсаткич, яъни капиталнинг етарлилик даражаси рискка тортилган активларга нисбатан 8% ёки 12,5:1 
юқори даражадаги нисбатда бўлади, бу банк муассасаларининг номолиявий ташкилотларга нисбатан юқори 
левержга эга эканлигини англатади.


146 
va imtiyozli aksiyalardan tashkil topgan boʻlib, bu haqda oldingi paragrafda 
atroflicha mushohada yuritgan edik. Tijorat banklari aksiyalarining oldi-sotdisiga 
mamlakatda qimmatli qogʻozlar bozorining holati bevosita taʻsir qiladi. Ayniqsa, 
ikkilamchi qimmatli qogʻozlarning rivojlanganligi tijorat banklari aksiyalarini oldi-
sotdi hajmiga sezilarli taʻsir oʻtkazish orqali ularning asosiy kapitali tarkibidagi 
emission daromadlarning vujudga kelishiga olib keladi.
Tijorat banklari kapitali tarkibida emission daromadning vujudga kelishi 
ularning aksiyalari bahosining ortib borayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan 
birga, xalqaro fond bozorlarida aksiyalar bahosining tushib ketishi banklar kapitali 
barqarorligiga toʻgʻridan toʻgʻri salbiy taʻsir qilib, ularni inqiroz holatiga olib 
kelishi mumkin. Buni dunyoda keyingi 200 yil davomida roʻy bergan 20 dan ortiq 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari, shuningdek AQSHda 2008-yilda yuz bergan 
jahon moliyaviy inqirozlari ham tasdiqlab turibdi. 
II. 
Xalqaro toʻlov vositasi vazifasini bajarayotgan valyutalar kursining 
barqarorligi va mustahkamligi
. Maʻlumki, oʻtish davrini boshidan kechirayotgan 
mamlakatlarning koʻpchiligida, shuningdek, respublikamizda ham tijorat banklari 
minimal kapitaliga qoʻyilgan talablar AQSH dollari yoki yevroda oʻrnatiladi. 
Buning asosiy sababi, ushbu valyutalarning toʻlov qobiliyati boshqa valyutalarga 
nisbatan mustahkam boʻlib, ularning kursi sezilarli ravishda tebranib turmaydi. 
Shu bois ham tijorat banklari ustav kapitali minimal darajasiga qoʻyilgan talabning 
ushbu valyutalarda belgilanishi milliy valyutalar kursining mazkur valyutalarga 
nisbatan tushib ketgan holatida ham bank taʻsischilarini tegishli miqdordagi 
moliyaviy mablagʻni jamgʻarish zaruriyatidan ozod etilmaydi yoki boshqacha 
talqin qiladigan boʻlsak milliy valyutaning inflyatsiyaga uchrashi taʻsischilarga 
bank ochishda hech qanday yengillik tugʻdirmaydi.
Biroq shuni taʻkidlash joizki, keyingi paytlarda xalqaro moliya 
tashkilotlarining oʻzaro yaqinlashuvi va ular oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning 
chuqurlashuvi jahon zahira va toʻlov vositasi vazifasini bajarayotgan valyutalar 
kursining sezilarli ravishda tebranishiga sabab boʻlmoqda. Masalan, 2008-yil 
iyulda AQSH dollari kursi dunyodagi yetakchi valyutalariga nisbatan juda past 


147 
darajaga tushib ketdi. Jumladan, AQSH dollari yevroga 35-50 sentga va Britaniya 
funtiga 20-30 sentga (1981-yil iyunidan buyon eng past daraja) pasaydi, 
shuningdek, Yangi Zellandiya dollariga 79,41 sentgacha pasaydi (bu 1985-yil mart 
oyidan buyon eng past daraja), Kanada dollariga nisbatan 96 sentga pasayishi 
keyingi 30 yil ichidagi eng yuqori pasayish hisoblandi.
Buning asosiy sababi, bizning nazarimizda, jahondagi koʻplab 
mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati ortib borishi bilan birga, ularning oltin va 
valyuta zahiralari tarkibida AQSH dollarining salmogʻi ortib borishi bilan 
izohlanadi. Chunki ushbu mamlakatlar AQSH iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri 
iqtisodiy taʻsir qilish imkoniyatiga ega boʻlib, ayrim hollarda informasion xurujlar 
ham salbiy taʻsir qilmoqda.
III. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosati va iqtisodiy meʻyorlari.
Markaziy 
bank pul-kredit siyosati va iqtisodiy meʻyorlari orqali tijorat banklari kapitali 
barqarorligiga bevosita taʻsir koʻrsatadi. Xususan, Markaziy bank qayta moliyalash 
stavkasini pasaytirishi natijasida tijorat banklari jalb qilingan resurslari hajmini 
oshirishi mumkin, bu oʻz-oʻzidan ularning kredit berish imkoniyatini oshirish bilan 
birga tijorat banklari riskka tortilgan aktivlariga nisbatan kapitalini koʻpaytirishni 
talab etadi. 
IV. 
Milliy iqtisodiyot va milliy valyutaning barqarorligi
. Mamlakatda milliy 
iqtisodiyot va milliy valyutaning barqarorligi tijorat banklari kapitali barqarorligiga 
bevosita ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Shu bilan birga, taʻkidlash joizki, millliy valyuta 
barqarorligiga milliy iqtisodiyot barqarorligi chambarchas bogʻliqdir. Agar milliy 
iqtisodiyot barqarorligi va raqobatbardoshligi yuqori boʻlmasa, uning tashqi 
importga bogʻliqligining ortishiga olib keladi. Bu, oʻz navbatida, milliy 
valyutaning xarid qobiliyatiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Chunki, mamlakat ehtiyoji 
uchun zarur boʻlgan tovarlarning asosiy qismi chetdan keltirilishi xorijiy 
valyutalarni turli yoʻllar bilan mamlakatdan chiqib ketishiga olib keladi, bu esa 
xorijiy valyutalarga ichki talab darajasining oshishiga sabab boʻladi.
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga bogʻliqligining ortib borishi bankdan 
tashqari aylanmalar hajmining ortishi, milliy valyutaning rasmiy kursi bilan 


148 
birgalikda “qora bozor” kursining vujudga kelishi kuzatiladi va ular oʻrtasidagi 
farq sezilarli darajada oʻsib boradi, shuningdek, tovar va xizmatlar bahosining 
naqd pulda va naqdsiz puldagi baholari oʻrtasida farq paydo boʻladiki, naqd 
puldagi baholar naqd pulsizga nisbatan arzon boʻladi. Bularning barchasi bevosita 
va bilvosita tijorat banklari kapitali barqarorligiga taʻsir koʻrsatadi;
V. 
Mamlakat tashqi siyosati va iqtisodiyotni boshqarishning shaffofligi

Maʻlumki, mamlakat tashqi siyosatining barqarorligi xalqaro moliyaviy aloqalar 
hamda eksport va import borasidagi munosabatlarning rivojlanishiga bevosita 
ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Bu, oʻz navbatida, mamlakat toʻlov balansi va milliy 
valyuta kursiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Milliy valyuta kursining xorijiy valyutalar 
kursiga nisbatan mustahkamlanishi aksiyador, investor, omonatchi va xoʻjalik 
yurituvchi subyektlar daromadi barqarorligiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Bularning 
barchasi mamlakat tijorat banklari kapitali barqarorligida oʻzining aksini topadi.
Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish