Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè


§  13.2. Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligi va uni tavsiflovchi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

 
§ 
13.2. Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligi va uni tavsiflovchi 
koʻrsatkichlar 
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini 
aniqlashda ikki usuldan keng foydalanilmoqda. Birinchi usul - Xalqaro tiklanish va 
taraqqiyot banki (XTTB) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unda tijorat 
banklari depozit bazasining yetarliligi (DBE) quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
DBE 

TD 
 

 
100% 
TD+JD+MD 
Bu yerda: 
TD
– transaksion depozitlar; 
JD
– jamgʻarma depozitlari; 
MD
– muddatli depozitlar. 
XTTB ekspertlarining tavsiyasiga koʻra, mazkur koʻrsatkichning eng yuqori 
chegarasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar uning amaldagi darajasi 30 foizdan 
yuqori boʻlsa, u holda, ushbu tijorat bankining depozit bazasi yetarli emas, deb 
hisoblanadi. 


173 
XTTB ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan usulda transaksion 
depozitlarning barqaror qoldigʻi tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini 
aniqlashda hisobga olinmagan. 
Hozirgi davrda dunyoning koʻpchilik mamlakatlarida, shu jumladan, 
Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini inspeksion tekshirishda 
“CAMEL” reyting tizimidan keng foydalanilmoqda. Ushbu tizimda tijorat banklari 
depozit bazasining barqarorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
DBE 

Asosiy depozitlar 
 

 
100% 
Depozitlar jami 
Mazkur koʻrsatkichning amaldagi darajasi 75 foizdan past boʻlmagan 
taqdirdagina tijorat bankining depozit bazasi yetarli hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida asosiy depozitlarning 
salmogʻi kamida 75 foizni tashkil etishi lozim.
“CAMEL” reyting tizimida asosiy depozitlar deganda depozitlarning bankni 
tark etmaydigan qismi tushuniladi. Shu jihatdan olganda, asosiy depozitlar har uch 
turdagi depozitlar – transaksion depozitlar, muddatli depozitlar va jamgʻarma 
depozitlarining barqaror qoldigʻini oʻz ichiga oladi. 
“CAMEL” reyting tizimidagi depozit bazasining yetarliligini baholash usuli 
XTTBning baholash usuliga nisbatan mukammalroq hisoblanadi. Yaʻni, 
birinchidan, transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻi hisobga olinmoqda. Bu 
esa, juda muhim, chunki transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻidan 
foydalanilganda tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan jiddiy xavf yuzaga 
kelmaydi; ikkinchidan, jamgʻarma depozitlarining barqaror qoldigʻigina asosiy 
depozit sifatida eʻtirof etilmoqda. Holbuki, jamgʻarma depozitlarining maʻlum 
qismi nobarqaror passiv hisoblanadi. Ular transaksion depozitlardan bankni 
maʻlum muddat oldindan ogohlantirish yoʻli bilan olinishi jihatidan farq qiladi.
Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini baholashda eʻtiborga olinishi 
lozim boʻlgan jihatlardan biri, fikrimizcha, oʻzida ham transaksion depozit 


174 
hisobraqamini, ham muddatli depozit hisobraqamini namoyon etayotgan yangi 
hisobraqamlarining paydo boʻlayotganligi hisoblanadi. Masalan, AQSHdagi 
“NAU” hisobraqamlari ana shunday yangi turdagi hisobraqami hisoblanadi. Unga 
bozor stavkalarida foiz toʻlanadi. Shu bilan birga, mazkur hisobraqamlar oʻzida 
transaksion depozit hisobraqamlariga xos boʻlgan xususiyatni ham ifoda etadi: 
ularning qoldigʻiga toʻlov hujjatlarini yozishga ruxsat etiladi.
“NAU” hisobraqamlarining qoldigʻi barqarorligi jihatidan transaksion 
depozitlarni barqaror qoldigʻidan qolishmaydi. Shu sababli, ularni qoldigʻini tijorat 
banki depozit bazasini barqarorligini aniqlashda hisobga olish lozim deb 
hisoblaymiz. 
13.2.1-rasm maʻlumotlaridan koʻrinadiki, 2012-2016-yillarda Oʻzbekiston 
Respublikasi tijorat banklarining depozitlari miqdori oʻsish tendensiyasiga ega 
boʻlgan. Bu esa, banklarning resurs bazasini mustahkamlash nuqtayi-nazaridan 
ijobiy holat hisoblanadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish