Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
1.
Tijorat banklarining emission faoliyati toʻgʻrisida gapirib bering.
2.
Oʻzbekistonda qaysi turdagi qimmatli qogʻozlar amal qiladi?
3.
Tijorat banklaridagi emissiya faoliyatining starategiyasi va maqsadlarini
tushuntirib bering.
4.
Bank aksiyalarini chiqarish protsedurasi qanday bosqichlarni oʻz ichiga
oladi?
5.
Bank obligatsiyalari emissiyasini izohlang.
6.
Sertifikatlarni necha turda chiqarilish mumkin?
7.
Tijorat banklari emission operatsiyalarini boshqarishda qaysi usullardan
foydalaniladi?
168
13-BOB: TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARINI BOSHQARISH
§
13.1. Tijorat banklari depozitlarining zarurligi va banklar faoliyatida
tutgan oʻrni
§
13.2. Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligi va uni tavsiflovchi
koʻrsatkichlar
§
13.3. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari
§
13.4. Banklar depozitlarini boshqarish usullari
§
13.1. Tijorat banklari depozitlarining zarurligi va banklar faoliyatida
tutgan oʻrni
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul
mablagʻlarini bankka jalb qilish bilan bogʻliq operatsiyalar depozit operatsiyalari
deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarning 90 foizdan ortiq
passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari
oʻzlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit
siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan
chambarchars bogʻliq boʻlib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning
barqarorligini taʻminlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga
oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim.
Depozit operatsiyalarni subyektlari boʻlib bir tomondan tijorat banklari
qatnashsa, ikkinchi tomondan:
•
davlat korxona va tashkilotlari;
•
moliya, sugʻurta, investitsion va trast kompaniyalar;
•
xususiy korxona va tashkilotlar;
•
aksioner kompaniyalar;
•
banklar va boshqa kredit muassasalari;
•
qoʻshma korxonalar, kooperativlar;
•
jamoa tashkilotlari va fondlar;
•
alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari ishtirok etadilar.
169
Depozit operatsiyalarining obyekti ehtiyojdan ortiqcha pul mablagʻlari
(qoʻyilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi boʻlib,
balans likvidliligi, mijozlar moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit
operatsiyalari tijorat banklarini depozit siyosatini amalga oshirish orqali
taʻminlanadi, yaʻni:
•
depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad
olishga sharoit yaratishi kerak;
•
bank balansi likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga
oshirish kerak;
•
depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qoʻyilmalarga eʻtibor
qaratish lozim;
•
depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bogʻliq bank
xizmatlarini rivojlantirish choralarini koʻrish zarur va b.
Pul qoʻyuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga
boʻlinadi:
1.
Yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qoʻyilmalari;
2.
Jismoniy shaxslar qoʻyilmalari.
Mablagʻlarni olish shakliga koʻra depozitlar quyidagilarga boʻlinadi:
•
muddatli depozit mablagʻlari;
•
talab qilib olingunga qadar depozit mablagʻlari;
•
aholining jamgʻarma qoʻyilmalari.
Oʻz navbatida, bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablagʻlari ularning muddatidan kelib chiqib:
•
3 oy muddatgacha depozitlar;
•
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
•
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
•
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
•
12 oydan yuqori boʻlgan depozit mablagʻlariga tasniflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini
koʻrsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha
170
banklarda milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlar hamda depozit hisobvaraqlarining boshqa turlarini ochish huquqiga
egalar.
Mijoz tomonidan har qanday hisobvaraq ochilayotganda bank hisobvaragʻiga
xizmat koʻrsatish shartnomasi tuziladi.
Bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha yuzaga keladigan munosabatlar
“Fuqarolik kodeksi” va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektni birinchi marta milliy valyutada ochgan talab
qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi uning asosiy hisobvaragʻi hisoblanadi.
Mijozlar qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochishlari mumkin.
Budjet muassasalariga hisobvaraqlar respublika yoki mahalliy budjetlar
hisobidan ajratiladigan mablagʻlarni kirim qilish va shu mablagʻlardan foydalanish
uchun ochiladi. Bundan tashqari, budjetdan tashqari mablagʻlar uchun talab qilib
olinguncha depozit hisobvaraqlar ochilishi mumkin. Budjet tashkilotlariga
jamgʻarma va muddatli hisobvaraqlar faqat budjetdan tashqari mablagʻlarni
saqlash uchun ochiladi. Respublika va mahalliy budjetlar hisobidan mablagʻlar
ajratiladigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga har bir budjet boʻyicha
alohida hisobvaraqlar ochiladi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun
bankka ushbu yoʻriqnomada koʻzda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan
kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar
ochishlari shart. Hisobvaraqlarning egalari hisobvaraq ochish uchun taqdim
qilingan hujjatlarning haqiqiyligi boʻyicha javobgardirlar. Tadbirkorlik subyektlari
uchun, banklarda ochiladigan hisobvaraqlar uchun toʻlov miqdori eng kam oylik
ish haqining bir karrasidan oshmasligi lozim. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga
hisobvaraqlar ochilgandan keyin, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay,
hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida tegishli soliq organiga yozma ravishda xabar
berishlari shart.
Mijozlarning (tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmaydigan jismoniy
shaxslardan tashqari) hisobvaraq ochish uchun asos boʻlgan hujjatlari, bank
171
hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish shartnomasi, shuningdek undagi oʻzgartirishlar,
mijozning manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi bankka bergan xati va nomi
oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi mijozning alohida jildi (yuridik
yigʻmajildi)da saqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxsni tashkil etgan holda va tashkil
etmagan holda faoliyat koʻrsatadigan) tomonidan milliy valyutada talab qilib
olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim
qilinadi:
a) hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha.
Tadbirkorlik subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan, budjet
tashkilotlari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
b) soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha.
Yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmalari (vakolatxonalari, filiallari)ga talab
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ushbu yuridik shaxsning iltimosnomasi
boʻyicha (iltimosnomada yuridik shaxsning - soliq toʻlovchining identifikatsiya
raqami koʻrsatiladi) hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza hamda imzolar namunalari
va muhr izi qoʻyilgan varaqcha taqdim etilganda ochiladi.
Oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirmoqchi
boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ustav kapitalini shakllantirish uchun
davlat roʻyxatidan oʻtgunlariga qadar taʻsischilar (ishtirokchilar)ning dastlabki
badallarini kiritish uchun milliy va yoki xorijiy valyutada vaqtinchalik (mablagʻ
yigʻish uchun) talab qilib olinguncha hisobvaraq ochilishi mumkin.
172
Vaqtinchalik hisobvaraq ochish uchun vakolatli shaxs bankka taʻsischi
(ishtirokchi)lar nomidan ixtiyoriy shaklda hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza
taqdim qiladi.
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada talab
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka hisobvaraq ochish
toʻgʻrisida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga
tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi. Hujjatdagi maʻlumotlar hisobvaraq
ochish toʻgʻrisidagi arizaga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |